Rafahni tark etganlar soni 110 mingga yaqinlashdi

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligi (UNRWA) tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

2138047
Rafahni tark etganlar soni 110 mingga yaqinlashdi

 

Shu yilning 6 may kuni Isroil hujumlari kuchaygan G'azo sektori janubidagi Rafahni tark etganlar soni 110 mingga yaqinlashdi.

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligi (UNRWA) tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, Isroil armiyasining hujumlari kuchayishi bilan aholini majburiy ko'chirish holatlari davom etmoqda.

"Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligi taxminan 110 ming kishi jon saqlash uchun Rafahni tark etganini taxmin qilmoqda. Biroq, G'azoda hech bir joy xavfsiz emas va yashash sharoitlari juda yomon. Yagona umid zudlik bilan o't ochishni to'xtatishdir",- deyiladi bayonotda.

Isroil armiyasi 6 may kuni Rafah sharqidagi ba'zi mahallalarni evakuatsiya qilishni talab qildi va u yerga quruqlikdan hujum uyushtirib, Misr bilan chegara darvozasining G'azo tomonini egallab olganini e'lon qildi. 

Taxminan 2,3 million aholiga ega G'azo sektorida Isroilning 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlari tufayli 1,9 million kishi uy-joyini tark etdi. Bu falastinliklarning aksariyati Isroil avvalroq “xavfsiz hudud” deb atagan Rafah shahridan panoh topgandi.

G'azo sektorining eng janubiy qismida, Misr bilan chegaradosh hududda joylashgan Rafahda Isroil hujumlaridan oldin 280 ming kishi istiqomat qilardi. Urush boshlangandan buyon Rafah aholisi deyarli 1,5 millionga ko'paygan.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Rafah

Aloqador xabarlar