Gretsiya TIV rahbari Mitsotakisning Turkiyaga tashrifiga munosabat bildirdi

Uning fikricha, tashrif doirasida Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan samimiy uchrashuv bo'lib o'tadi.

2137802
Gretsiya TIV rahbari Mitsotakisning Turkiyaga tashrifiga munosabat bildirdi

 

Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Yorgos Yerapetritis Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakisning Turkiyaga kutilayotgan tashrifiga munosabat bildirdi.

Uning fikricha, tashrif doirasida Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan samimiy uchrashuv bo'lib o'tadi.

Yorgos Yerapetritis SKAI FM radiosiga bergan intervyusida Gretsiya Bosh vaziri Mitsotakisning 13-may kuni Turkiyaga rejalangan tashrifi haqidagi savollarga javob berdi.

U Turkiya va Gretsiya rahbarlarining uchrashuvlarini ham boshqa barcha davlat rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari kabi normal qabul qilish zarurligini ta'kidlab,  “Biz uchrashishimiz, o'zaro muloqot qilishimiz, inqirozlarni bartaraf etishimiz va keyingi qadamlarni kelishib olishimiz muhim”, - dedi.

Turkiya-Gretsiya munosabatlarida har ikki davlatning fundamental nazariyalari o'zgarishini kutib turishga hojat yo'qligini ifoda etgan Yerapetritis, "Turkiya-Gretsiya yaqinlashuvidan umidimiz osoyishtalik davrini ta'minlashdir",- dedi. 

U shuningdek, Gretsiyaning yana bir umidi ikki tomon o'rtasida aloqa kanallarining ochiq qolishi va bu yo'l bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan inqirozlarni oldini olish mumkinligini ta'kidladi.

Gretsiya TIV rahbari Prezident Erdo'g'an va Mitsotakis o'rtasida 13 may kuni bo'lib o'tgan uchrashuvga munosabat bildirib, "O'rtada ko'ndalang turgan masalalar ko'rib chiqiladi. Rahbarlarimiz va delegatsiyalarimiz o'rtasida ham strategik mavzular muhokama qilinadi. Ijobiy kun tartibi, siyosiy muloqot va ishonchni mustahkamlash choralarini oʻz ichiga olgan muzokaralar sari keyingi qadamlar uchun yoʻl xaritasi tuziladi”,- dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Gretsiya

Aloqador xabarlar