Putin bilan Pashinyan mintaqa xavfsizligi bilan bogʻliq masalalarni qoʻlga oldi

Putin bilan Pashinyan poytaxt Moskvada uyushtirilgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti ortidan uchrashuv oʻtkazdi.

2137446
Putin bilan Pashinyan mintaqa xavfsizligi bilan bogʻliq masalalarni qoʻlga oldi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mintaqa xavfsizligi bilan bogʻliq masalalarni qoʻlga oldi.

Kreml tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra, Putin bilan Pashinyan poytaxt Moskvada uyushtirilgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti ortidan uchrashuv oʻtkazdi.

Uning matbuotga ochiq qismida nutq soʻzlagan Putin, iqtisodiy sohada hamkorlikka alohida e’tibor berganliklarini ifoda etib:

“Armanistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibidagi davlatlar bilan boʻlgan oʻzaro savdo hajmi 14 barobarga oshdi. Ikki tomonli munosabatlar ham muvaffaqiyatli ravishda rivojlanmoqda. Oʻzaro savdo hajmi 7 milliard dollardan yuqori. Bunday koʻrsatkich savdo -iqtisodiy munosabatlarimizda ilgari kuzatilmagan. Albatta. savdo hajmining ortishidan tashqari mintaqa xavfsizligi bilan bogʻliq mavzular ham mavjud”. – deya gapirdi.

Armaniston Bosh vaziri Pashinyan ham ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalarning ahamiyatiga e’tibor qaratar ekan mavzu haqida:

“Oxirgi marotaba oʻtgan yilning dekabr oyida uchrashgan edik. Albatta, undan beri muhokama qilinishi kerak boʻlgan masalalar ancha toʻplanib qoldi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar