Bugungi kunda dunyoda 281 million nafar xalqaro muhojir bor

Birlashgan Millatlarning migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkiloti (IOM), «2024 – yil Jahon migratsiya hisoboti»ni e’lon qildi.

2137245
Bugungi kunda dunyoda 281 million nafar xalqaro muhojir bor

Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda dunyoda 281 million nafar xalqaro muhojir bor. Qochqinlar soni esa 117 millionga yetgan vaziyatda.

Birlashgan Millatlarning migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkiloti (IOM), «2024 – yil Jahon migratsiya hisoboti»ni e’lon qildi.

Unda xalqaro migratsiya insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib qolayotgani, bu sohadagi xalqaro aloqalarning 2000 - yildan 2022 - yilgacha 650 foizdan ko‘proqqa oshib, 128 milliard dollardan 831 milliard dollargacha oʻsgani qayd etildi.

Xalqaro migratsiya inson taraqqiyotini qoʻllab – quvvatlar ekan, bu boradagi qiyinchiliklar ham davom etayotganiga e’tibor qaratilgan bayonotda:

“Dunyo boʻylab 281 millionga yaqin xalqaro muhojir boʻlishiga qaramay mojarolar, zoʻravonliklar, tabiiy ofatlar va boshqa sabablarga koʻra uy - joyini tark etganlar soni 2022 - yil oxirida eng yuqori darajaga, 117 million nafarga yetdi. Bu holat esa oʻz uy – joyidan mahrum boʻlganlar muammosiga yechim topish zarurligini koʻrsatmoqda”, - deyildi.

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #xalqaro tashkilot , #xalqaro muhojir

Aloqador xabarlar