Irlandiya va Ispaniya Falastinni davlat sifatida rasman tan olmoqchi

Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari, jumladan Irlandiya va Ispaniya 21-may kuni Falastinni davlat sifatida rasman tan olganini e'lon qiladi.

2137441
Irlandiya va Ispaniya Falastinni davlat sifatida rasman tan olmoqchi

 

Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlgan baʼzi davlatlar, jumladan Irlandiya va Ispaniya 21-may kuni Falastinni davlat sifatida rasman tan olish masalasini koʻrib chiqmoqda.

Irlandiya Teleradiokompaniyasi (RTE) xabariga ko'ra, Irlandiya, Ispaniya, Sloveniya va Malta o'rtasida Falastin davlatining tan olinishi bilan bog'liq aloqalar faollashgan.

Irlandiya bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va mudofaa vaziri Mishel Martinning matbuot kotibi ham bu muzokaralar davom etayotganini tasdiqladi.

Aytilishicha, Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari, jumladan Irlandiya va Ispaniya 21-may kuni Falastinni davlat sifatida rasman tan olganini e'lon qiladi.

Ma’lumki, Ispaniyaning taklifigabinoan, Falastin davlatini tan olish tashabbusini Irlandiya, Sloveniya, Malta va Norvegiya qo‘llab-quvvatlagandi.

Falastin davlatini hozirda Yevropa Ittifoqining 8 nafar aʼzosi, jumladan Bolgariya, Polsha, Chexiya, Ruminiya, Slovakiya, Vengriya, Janubiy Kipr Rum maʼmuriyati va Shvetsiya tan olgan.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Ispaniya , #Irlandiya

Aloqador xabarlar