Rossiya Ukrainaning 6 ta shahriga qarshi hujum uyushtirdi

Ukrainaning Harbiy havo kuchlari Rossiyaning Kiyev bilan bir qatorda 6 ta shaharga qarshi 55 ta raketa, 21 ta insonsiz havo transporti orqali hujum uyushtirganini ma’lum qildi.

2136930
Rossiya Ukrainaning 6 ta shahriga qarshi hujum uyushtirdi

Rossiya bugun kechasi Ukrainaning ko‘plab shahriga qarshi raketa va insonsiz havo transportlari orqali hujum uyushtirdi. Nishonga olingan shaharlar orasida poytaxt Kiyev ham bor.

Ukrainaning Harbiy havo kuchlari Rossiyaning Kiyev bilan bir qatorda 6 ta shaharga qarshi 55 ta raketa, 21 ta insonsiz havo transporti orqali hujum uyushtirganini ma’lum qildi.

Raketalardan 39 tasi bilan insonsiz havo transportining 20 tasi esa havodan mudofaa qilish tizimlari tomonidan urib tushirilgani bildirildi.

Ukraina, hujumlarda 3 ta elektr stansiyasining ziyon ko‘rganiga ham e’tibor qaratdi.

Mazkur hujumlar haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bayonot bergan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, hujumlarni qoraladi.

Eslatib o‘tamiz:

Bundan 2 yil muqaddam, ya’ni, 2022 - yilning 24 – fevrali kuni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirishga buyruq berdi va shu tariqa Rossiya - Ukraina urushi boshlandi.

Vladimir Putin Kiyevning NATO tarkibiga kirishiga yoʻl qoʻymaslik va uni Rossiya taʼsiri ostida saqlab qolish uchun mamlakatni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish maqsadida ekanini bildirgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #hujum

Aloqador xabarlar