Bagama orollari Falastinni davlat sifatida rasman tan oldi

“Bagama orollari ikki davlatli yechimni qo'llab-quvvatlab, Falastinni davlat sifatida rasman tan oladi”,-deyiladi bayonotda.

2136955
Bagama orollari Falastinni davlat sifatida rasman tan oldi

 

Bagama orollari Falastinni davlat sifatida rasman tan oldi. Bu haqda Bagama orollari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.
“Bagama orollari ikki davlatli yechimni qo'llab-quvvatlab, Falastinni davlat sifatida rasman tan oladi”,-deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Bagama hukumati falastinliklarning o'z siyosiy mavqeini erkin belgilashi, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini erkin davom ettirish huquqini qo'llab-quvvatlashi ta'kidlandi.
Barbados va Yamayka orollari ham aprel oyida Falastinni davlat sifatida tan olishga qaror qilgandi.
 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Bagama orollari

Aloqador xabarlar