Isroil Rafah hududiga hujumlarni davom ettirishga qaror qildi

“Operatsiya Rafahdagi HAMAS batalonlari butunlay yo‘q bo‘lmagunicha hamda garovga olinganlarning barchasi Isroilga qaytguniga qadar davom etadi”, degan Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant.

2136698
Isroil Rafah hududiga hujumlarni davom ettirishga qaror qildi

 

Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant falastinliklar boshpana topgan G'azo sektori janubidagi Rafah hududiga hujumlar davom etishini bildirdi.

Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Yoav Gallant G'azo chegarasida gaubitsalar joylashtirilgan hududga tashrif buyurdi.

Bu yerda askarlarga xitob qilgan Galant bir kun avval Isroil armiyasiga Rafahga kirishga buyruq berganligini ma'lum qildi.

U shuningdek, Rafah chegara darvozasini ishg'ol qilishga buyruq berganligini ta'kidlab, "Bu operatsiya Rafahdagi HAMAS batalonlari butunlay yo‘q bo‘lmagunicha hamda garovga olinganlarning barchasi Isroilga qaytguniga qadar davom etadi",- dedi. 

Isroillik mahbuslarni ozod qilish uchun kelishuvga tayyor ekanligini aytgan Galant, mahbus almashish bo'lmasa, G'azoga hujumlarni "chuqurlashtiramiz" dedi.

Hamas harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Qatar va Misrga G'azo sektorida o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvga doir takliflarini ma'qullaganini e'lon qildi.

Hamasning ushbu bayonotiga qaramay, Isroil vazirlar mahkamasi Rafahdagi hujumlarni davom ettirishga qaror qildi.


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar