Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 214 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

2136553
Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 2023 – yilning 7 – oktabridan beri uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lganlar soni 34 ming 789 nafarga yetdi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 214 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Shunga ko‘ra Isroil kuchlari tomonidan oxirgi 24 soatda G‘azo sektoriga qarshi 6 qatliom uyushtirilgan. Oqibatida falastinlik yana 54 kishi halok bo‘lar ekan, 96 kishi tan jarohati olgan.

Isroilning 7 - oktabrdan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar sonining 34 ming 789 nafarga yetgani, tan jarohati olganlar sonining esa 78 ming 204 nafar ekani ta’kidladi.

Bayonotda shuningdek, haligacha vayronalar ostida va yo‘l chetida qolib ketgan jasadlar borligi ammo ularni Isroilning moneligi yuzasidan olish imkoni bo‘lmagani ham qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar