Vladimir Putin 7-may kuni qasamyod qiladi

Mamlakatda mart oyida o’tkazilgan prezidentlik saylovlarida 87,28 foiz ovoz olgan Putin, 7-may kuni Kreml saroyida o’tkaziladigan tantanali marosimda qasamyod qiladi.

2135869
Vladimir Putin 7-may kuni qasamyod qiladi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ertaga, 7-may kuni qasamyod qiladi va o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.

Mamlakatda mart oyida o’tkazilgan prezidentlik saylovlarida 87,28 foiz ovoz olgan Putin, 7-may kuni Kreml saroyida o’tkaziladigan tantanali marosimda qasamyod qiladi.

Putin yana 6 yil xizmatga prezidentlik vazifasini davom ettiradi. Prezident qasamyod qilgach, amaldagi hukumat ham iste’foga chiqadi.

2020-yilda konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endi yangi hukumat Rossiya parlamenti ma’qullashi bilan o‘z faoliyatini boshlaydi.

Qasamyod marosimidan so'ng Vladimir Putin yangi hukumatni shakllantirish uchun Rossiya parlamentining quyi palatasi Dumada bosh vazir nomzodini parlament a'zolarining tasdig'iga taqdim etadi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Putin , #Rossiya

Aloqador xabarlar