Ukraina Zelenskiyning qidiruvdagilar ro‘yhatiga kiritilishi haqidagi qarorni baholadi

Ukraina Tashqi Ishlar vazirligi, Zelenskiyning qidiruvdagilar ro‘yhatiga kiritilishi haqidagi qaror haqida bayonot berdi.

2135519
Ukraina Zelenskiyning qidiruvdagilar ro‘yhatiga kiritilishi haqidagi qarorni baholadi

 Ukraina tomonidan ma’lum qilinishicha, Prezident Vladimir Zelenskiyning Rossiyaning qidiruvdagilar ro‘yhatiga kiritilishi haqidagi ma’lumotlar, rus davlati va propagandasining chorasizligidan dololat beradi.

Ukraina Tashqi Ishlar vazirligi mavzu haqida yozma ravishda bayonot berdi.

Unda, “Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan Zelenskiyning qidiruvdagilar ro‘yhatiga kiritilgani haqida berilgan ma’lumotlar, rus davlati va propagandasining chorasizligidan dalolat beradi”. -  deyildi.

Bayonotda, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning harbiy jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinib, hibsga olinishi haqida Xalqaro Jinoiy Sud tomonidan berilgan qarorning to‘g‘ri ekani va bu qarorning dunyoning 123 davlatida amal qilinishi taʼkidlandi.

Qayd etilishicha Rossiya Ichki Ishlar vazirligining qidiruvdagilar ro‘yhatiga tug‘ilgan joyi va kuni bilan birga kiritilgan Zelenskiy, Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksiga muvofiq qayd etilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #Zelenskiy

Aloqador xabarlar