AQSH Markaziy Osiyo davlatlariga qurol eksportini chekladi

Qo‘shma Shtatlar Amerika o‘qotar qurollarini noqonuniy qayta sotish xavfi yuqori bo‘lgan 36 davlatga yetkazib berish shartlarini kuchaytirdi. Ular orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ham bor.

2133449
AQSH Markaziy Osiyo davlatlariga qurol eksportini chekladi

 

Qo‘shma Shtatlar Amerika o‘qotar qurollarini noqonuniy qayta sotish xavfi yuqori bo‘lgan 36 davlatga yetkazib berish shartlarini kuchaytirdi. Bu haqda AQSH Savdo vazirligi bayonotida qayd etildi.

Aprel oyida Davlat departamenti inson huquqlari va qurol savdosi sohasidagi buzilishlar eng ko‘p qayd etilgan 36 ta davlat ro‘yxatini tuzdi. Ular orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ham bor. 

Litsenziyalash siyosatida amalga oshirilgan tartibga solish bilan "mintaqaviy beqarorlikni qo'zg'atish, giyohvand moddalar savdosi, inson huquqlarini buzish, siyosiy tartibsizliklar va AQShning milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa harakatlar" xavfi minimallashtiriladi.

Ushbu cheklovlar faqat xususiy kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalarga taalluqlidir va 30-maydan boshlab kuchga kiradi.

AQSh Savdo vazirligi tomonidan tuzilgan “yuqori xavfli davlatlar” ro‘yxatiga Lotin Amerikasi (16 davlat), Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyo (8 davlat), shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi Markaziy Osiyo davlatlari kiradi. Taʼkidlanishicha, roʻyxatni tuzishda terrorchilik harakatlari xavfi, korrupsiya darajasi, inson huquqlarining amalga oshirilishi va siyosiy barqarorlik kabi mezonlar inobatga olingan.

Yangi siyosatga ko‘ra, AQSh Savdo vazirligi ro‘yxatdagi mamlakatlarning tegishli kompaniyalari so‘rovlarini avtomatik ravishda rad etishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, AQSh maʼmuriyati eksport qilinayotgan qurollar qanday qoʻllanilganligi haqida maʼlumot toʻplashda yanada puxtaroq boʻlish va eksport litsenziyalari muddatini 4 yildan 1 yilgacha qisqartirish niyatida.


Tanlangan kalimalar: #Markaziy Osiyo , #AQSh

Aloqador xabarlar