Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga kelishib oldi

“Yevropa Kengashi Eronning Isroilga hujumini qat’iy va so‘zsiz qoralaydi va Isroil xalqi bilan to‘liq birdamligini hamda Isroilning mintaqadagi xavfsizligi va barqarorligiga sodiqligini tasdiqlaydi”, deyiladi bayonotda.

2129340
Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga kelishib oldi

 

Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari Bryusseldagi sammitda Isroilga hujumi uchun Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirishga kelishib oldi.

Bu haqda sammit yakunlari bo‘yicha qabul qilingan bayonotda qayd etildi.

“Yevropa Kengashi Eronning Isroilga hujumini qat’iy va so‘zsiz qoralaydi va Isroil xalqi bilan to‘liq birdamligini hamda Isroilning mintaqadagi xavfsizligi va barqarorligiga sodiqligini tasdiqlaydi”, deyiladi YeI davlatlari qabul qilgan bayonotda.

Hujjatdan kelib chiqqan holda, cheklov choralari dron va raketalarga ham tegishli bo‘ladi.

Bayonotda yangi sanksiyalar tafsilotlariga to‘liq o'rin berilmadi.

“Yevropa Kengashi Eron va uning ishonchli tomonlarini har qanday hujumlarni to‘xtatishga chaqiradi, shuningdek, barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlikka va mintaqadagi keskinlikni kuchaytiruvchi har qanday harakatlardan tiyilishga chaqiradi”, deyiladi yakuniy bayonotda.

Shuningdek, G'azodagi inqiroz zudlik bilan o't ochishni to'xtatish, mahbuslarni ozod qilish va insonparvarlik yordamlarini to'siqsiz yetkazish yo'li bilan to'xtatilishi kerakligi eslatildi. Yevropa Ittifoqining ikki davlat yechimiga sodiqligi ta’kidlangan.
Bayonotda Livandagi vaziyatga ham toʻxtalib o'tilgan holda, Yevropa Ittifoqining bu davlatni kuchli qoʻllab-quvvatlashi yana bir bor taʼkidlandi.

Yevropa Ittifoqi yetakchilari suriyalik qochqinlarning xavfsiz, ixtiyoriy va munosib tarzda oʻz yurtlariga qaytishini qoʻllab-quvvatlashi qayd etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar