Pokiston janubi-g'arbidagi suv toshqinlarida 55 kishi halok bo'ldi

Tabiiy ofatlar agentligi rasmiylari ma'lum qilishicha, tabiiy ofat Panjob, Balujiston va Xayber Pantunxva viloyatlarida yuz bergan.

2128359
Pokiston janubi-g'arbidagi suv toshqinlarida 55 kishi halok bo'ldi

 

Pokistonning janubi-g'arbiy viloyatlarida so'nggi 4 kun ichida kuchli yomg'ir va chaqmoq urishi oqibatida hayotdan ko'z yumganlar soni 55 nafarga yetdi.
Tabiiy ofatlar agentligi rasmiylari ma'lum qilishicha, tabiiy ofat Panjob, Balujiston va Xayber Pantunxva viloyatlarida yuz bergan.

Rasmiylar halok bo‘lganlarning aksariyati bug‘doy yig‘im-terimi paytida chaqmoq urgan fermerlar ekanligi haqida ma'lumot berdi.
Mamlakat Bosh vaziri Shahboz Sharif hukumatga yomg‘irdan jabr ko‘rgan hududlarga shoshilinch yordam yetkazishni topshirdi.

Yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlarida ko‘plab uylar zarar ko‘rgan, infratuzilmaga ham jiddiy zarar yetgan.

Pokistonda 2022-yilda mamlakatning uchdan bir qismini suv ostida qoldirgan suv toshqinlarida qariyb 2 ming kishi halok bo'ldi va 30 milliard dollarlik zarar keltirgandi.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston

Aloqador xabarlar