Iroq Bosh vaziri Sudaniy Oq uyda Jo Bayden tomonidan qabul qilindi

Uchrashuvda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik, shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi strategik hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

2128281
Iroq Bosh vaziri Sudaniy Oq uyda Jo Bayden tomonidan qabul qilindi

 

Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy kecha, 15 aprel kuni Vashingtonda AQSH Prezidenti Jo Bayden tomonidan qabul qilindi.

Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik, shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi strategik hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Iroq Bosh vaziri Sudaniy, Iroq Yaqin Sharqda sodir bo'layotgan voqealar bilan bog'liq har bir masalada AQSh bilan hamfikr emasligini va har kim xalqaro qonunlarga rioya qilishi kerakligini ta'kidladi.

Isroilning G'azodagi tinch aholiga nisbatan hujumlariga munosabat bildirgan Sudaniy, "Mintaqada sodir bo'layotgan voqealar haqida turlicha fikrda bo'lishimiz mumkin, ammo biz xalqaro gumanitar huquq bo'yicha mutlaqo hamfikrmiz. Biz tinch aholiga, ayniqsa ayollar va bolalarga qarshi barcha hujumlarni rad etamiz. Biz barchani xalqaro normalar va diplomatik munosabatlarga rioya qilishga chaqiramiz",-dedi.

G'azoda minglab tinch aholining o'limiga sabab bo'lgan urushning darhol to'xtatilishi tarafdori ekanini ta'kidlagan Sudaniy, Iroq bu yo'nalishdagi barcha sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, mintaqa o'ta murakkab davrni boshdan kechirmoqda.

"Shu sababli ushbu tashrif va uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixi uchun juda muhim. Iroq va AQSh o'rtasidagi munosabatlar muhim burilish nuqtasida",-deydi u.

Ikki davlat o'rtasidagi strategik sheriklikning kelajagi haqida muzokara o'tkazish uchun Oq uyda bo'lganini ifoda etgan Sudaniy, "Biz munosabatlarimizni tizimli ravishda harbiy-xavfsizlikka asoslangan munosabatlardan iqtisodiyot, siyosat, atrof-muhit, ta’lim va xavfsizlikka asoslangan hamkorlikka o‘tkazishni maqsad qilganmiz”,-dedi.

Iroq Bosh vaziri, shuningdek, Iroqdagi amerikalik askarlarning taqdiri bilan bog'liq mavzular Oliy harbiy qo'mita doirasida muhokama qilinganini va qo'mita tomonidan olinadigan har qanday qarorga amal qilishini bildirdi.

Iroq hukumatining rasmiy X tarmog'idagi sahifasida, muzokaralarda Iroqdagi Amerika askarlari bilan bog'liq vaziyat, DAIShga qarshi kurash koalitsiyasi bilan aloqalar va Turkiya bilan Iroq o'rtasidagi munosabatlarni yuqori darajaga olib chiqish imkonini beradigan "Taraqqiyot yo'li loyihasi" kabi ko'plab mavzular muhokama qilinishi ta'kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #AQSh , #Iroq

Aloqador xabarlar