Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 78 nafarga yetdi

Yarim orol hududida bugun mahalliy vaqt bilan soat 00:36 da 4,8 va 4,9 magnitudali yana ikkita zilzila qayd etildi.

2084276
Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 78 nafarga yetdi

 

Yaponiya g‘arbidagi Ishikava prefekturasida va bu mintaqadagi Noto yarim oroli qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan zilzilalarda halok bo‘lganlar soni 78 nafarga yetdi.

Yaponiya meteorologiya agentligi maʼlumotlariga koʻra, 1, 2 va 3 yanvar kunlari Ishikavaning Noto yarim orolida 5 dan 7 ballgacha boʻlgan zilzilalar sodir boʻlgan.

Yarim orol hududida bugun mahalliy vaqt bilan soat 00:36 da 4,8 va 4,9 magnitudali yana ikkita zilzila qayd etildi.

Yerosti silkinishlari davom etayotgani ma’lum qilindi.

Ishikava shtati gubernatorligi, mintaqada sodir bo'lgan zilzilalarda 78 kishining hayotdan ko'z yumganini, 300 dan ortiq yaradorning esa davolanganini ma'lum qildi.

Shtat bo'ylab 165 ta maktab va muassasada qisman talofat aniqlangan bo'lsa-da, maktab va sport zallari kabi evakuatsiya punktlariga 30 mingdan ortiq odam joylashtirilgani ma'lum qilindi.

Noto yarimoroli bo‘ylab davom etayotgan yog‘ingarchilik yer ko‘chkilarini keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Maʼlum qilinishicha, butun viloyat boʻylab 50 dan ortiq kishining taqdiri nomaʼlum.

Qidiruv-qutqaruv ishlarida hududga jo‘natilgan Yaponiya mudofaa kuchlarining 2 ming nafar xodimi ishtirok etgani, kerakli materiallarni yetkazib berishda ularning vertolyotlaridan foydalanilgani ta’kidlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Yaponiya

Aloqador xabarlar