Meksikada qurolli shaxslar 36 nafar muhojirni o‘g‘irlab ketdi
Tamaulipas Bosh prokuraturasi xavfsizlik kuchlari o'g'irlab ketilgan muhojirlarni topish uchun keng ko'lamli operatsiya boshlaganini ma'lum qildi.
2083513
Meksikaning Tamaulipas shtatida qurolli shaxslar 36 nafar muhojirni o‘g‘irlab ketdi.
Tamaulipas jamoat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda, Reynosa va Matamoros shaharlari o'rtasida sayohat qilgan muhojirlarga to'la avtobusning noma'lum qurolli shaxslar tomonidan to'xtatilgani ma'lum qilindi.
Avtobusdan 40 nafar muhojirni majburlab tushirgan qurolli guruh ulardan 36 nafarini o'g'irlab ketgani bildirildi.
Tamaulipas Bosh prokuraturasi xavfsizlik kuchlari o'g'irlab ketilgan muhojirlarni topish uchun keng ko'lamli operatsiya boshlaganini ma'lum qildi.
Maʼlumki, 2019-yil mart oyida San-Fernando-Reynosa trassasida mamlakatda oʻgʻirlab ketilgan 20 nafar muhojirlar guruhidan haligacha xabar yoʻq.