Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 64 nafarga yetdi

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida shtat gubernatorligining iltimosiga ko‘ra, hududga jo‘natilgan Yaponiya mudofaa kuchlari (SDF) xodimlari soni 2 ming nafarga oshirilganini ma’lum qildi.

2083447
Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 64 nafarga yetdi

 

Yaponiya g'arbida joylashgan Isikava prefekturasidagi Noto yarim oroli yaqinida sodir bo'lgan zilzilada halok bo'lganlar soni 64 nafarga yetdi.

Yaponiya Milliy meteorologiya agentligi ma'lum qilishicha, birinchi silkinishlar 1-2 yanvar kunlari Isikava prefekturasida soat 16:06 da qayd etilgan, ularning magnitudasi 5,7 va 7,6 ni tashkil qilgan. Keyinchalik Isikava prefekturasida yana zilzila sodir bo‘lgan. Milliy meteorologiya boshqarmasi ushbu zilzila 4,6 magnitudani tashkil qilganini qayd etgan.

Ma’lum qilinishicha, zilzilalardan so‘ng avtomobil yo‘llari vayron bo‘lgan, butun viloyat bo‘ylab ayrim binolar shikastlangan, suv va elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan, ayrim qishloqlarga transport qatnovi imkoni bo‘lmagan.

Ishikava prefekturasi gubernatorligi mintaqadagi zilzilalarda 64 kishining hayotdan ko'z yumganini ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, mintaqadagi mahalliy munitsipalitetlarga davom etayotgan zilzilalardan keyin vayronalar ostida qutqarishni kutayotgan fuqarolar borligi haqida ma'lumot olingan.

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida shtat gubernatorligining iltimosiga ko‘ra, hududga jo‘natilgan Yaponiya mudofaa kuchlari (SDF) xodimlari soni 2 ming nafarga oshirilganini ma’lum qildi.

“Hududlarga yordam yetkazib berish izchil davom etmoqda”, dedi Kisida.

 

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Yaponiya

Aloqador xabarlar