Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 48 nafarga yetdi

Ma’lum qilinishicha, zilzilalardan keyin avtomobil yo‘llari vayron bo‘lgan, Vajima shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda yaqin atrofdagi 200 ga yaqin bino zarar ko‘rgan. Ko‘plab bino qulab tushgan.

2082982
Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 48 nafarga yetdi

 

Yaponiyaning g‘arbiy sohilidagi Noto yarimorolida ro‘y bergan kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 48 nafarga yetdi.

Yaponiya meteorologiya agentligi ma'lumotlariga ko'ra, kecha Noto yarim orolida va g'arbdagi Ishikava hududi yaqinida 5 dan 7 ballgacha bo'lgan ko'plab zilzilalar sodir bo'lgan.

Yaponiya Milliy meteorologiya boshqarmasi qator zilzilalardan so‘ng mamlakatning butun g‘arbiy sohili bo‘ylab e’lon qilingan sunami xavfini bekor qildi. Eng katta vayronagarchilik Ishikava prefekturasining Vajima shahrida yuz berdi.

Ma’lum qilinishicha, zilzilalardan keyin avtomobil yo‘llari vayron bo‘lgan, shaharda sodir bo‘lgan yong‘inda yaqin atrofdagi 200 ga yaqin bino zarar ko‘rgan. Ko‘plab bino qulab tushgan. NHK davlat televideniyesi tomonidan olingan kadrlarda Vajima shahridagi 7 qavatli bino yon tomonga yotib qolganini ko‘rish mumkin.

Ishikava prefekturasi gubernatorligi zilziladan keyin 48 kishining hayotdan ko'z yumganini ma'lum qildi.

Mintaqada 50 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan, 14 kishini vayronalar ostidan qutqarish ishlari olib borilmoqda.

Shtat boʻylab 19 ta tibbiyot muassasasida elektr taʼminoti uzilgani xabar qilingan, bozorlar va oziq-ovqat doʻkonlarida peshtahtalar boʻm-boʻsh ekani maʼlum boʻldi.

Bosh vazir Fumio Kishida markaziy hukumatning mintaqaga yordam yuklarini kemalar orqali yetkazish uchun tayyorgarlik ko'rayotganini bildirdi.

"Vaqt o'tgan sayin, falokatning ta'siri yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Hayotni saqlab qolish uchun vaqt bilan poyga", dedi u.

Yaponiya Geomekanik Axborot Markazi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra, Vajimadagi yer qatlami 1,3 metr g'arbga tomon siljiganligi aniqlangan.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Yaponiya

Aloqador xabarlar