Gʻazoga insonparvarlik yordam ashyosi yetkazib berish ishlari davom etmoqda

Tunov kuni kuchga kirgan vaqtinchalik otashkesimdan foydalanib, Gʻazoga insonparvarlik yordam ashyosi yetkazib berish ishlari davom etmoqda.

2068892
Gʻazoga insonparvarlik yordam ashyosi yetkazib berish ishlari davom etmoqda

Isroil blokadasi ostidagi Gʻazoga insonparvarlik yordam ashyosi ortilgan 187 ta yuk tashuvchi mashina bilan 129 ming litr yoqilgʻi olib kirilgani ma’lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) mavzu haqida bergan bayonotida:

“Isroilning Nitssa shahridan Gʻazoga 200 ta yuk tashuvchi mashina yuborildi. Ulardan 187 tasi mahalliy vaqt bilan soat 19:00 holatiga ko‘ra G‘azoga kirib bordi. Ushbu yordamlar oziq-ovqat, suv va shoshilinch tibbiy ashyolarni oʻz ichiga oladi. Shifa kasalxonasiga evakuatsiyaga yordam berish uchun 11 tez yordam mashinasi, 3 ta avtobus va yuk tashuvchi mashina topshirildi. Shuningdek, Gʻazoga 129 ming litr yoqilgʻi yetkazib berildi”. – deyildi.

“Falastin va Misr Qizil yarim oy jamiyatlarisiz, bularni yetkazib berish imkoni boʻlmasdi”. – deyilgan bayonotda:

“Vaqtinchalik otashkesim qanchalik uzoq davom etgudek boʻlsa, insonparvarlik yordam ashyosi yetkazib berish tashkilotlari Gʻazoga yana – da koʻproq yordam yubora oladi”. – degan ifodalarga oʻrin berildi.



Aloqador xabarlar