Livanliklar Fransiyaga qarshi norozilik bildirishdi

Livanliklar Fransiyaning Bayrutdagi elchixonasi oldida xalqaro hamjamiyat, ayniqsa Fransiyaning Isroilga qurol yordam berishiga munosabat bildirish maqsadida namoyish uyushtirdi.

2051842

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonnaning Bayrutga tashrifi bilan bir vaqtda bir guruh namoyishchilar Fransiya elchixonasi binosi oldida to'planishdi.

Falastin bayroqlarini ko‘targan namoyishchilar “Fransiya, irqchi Isroilga qurol yordamini to‘xtating”, “Falastinlik bolalarni o‘ldirishni to‘xtating” va “Tinchlik yo‘q, adolat yo‘q” degan yozuvlarni ko‘tarib chiqdi.

Namoyish ortidan qilingan matbuot bayonotida Yevropa va xalqaro hamjamiyat, ayniqsa Fransiyadan Isroilga qurol yordamini to'xtatish talab qilindi.

  G'azoga qarshi urush jinoyatini to'xtatish va blokadani olib tashlash chaqirig'i qilindi.

Bayonotda, xalqaro hamjamiyatning G'azodagi insoniy fojiani eng qisqa vaqt ichida bartaraf etish uchun chora ko'rishi kerakligi ta'kidlandi.

G’azoga gumanitar yordam yo’lagi ochilishi va zudlik bilan oziq-ovqat, dori-darmon va suv jo’natish kerak” degan  ifodalar o’rin oldi.

Tanlangan kalimalar: #Reaksiya , #namoyish , #Fransiya , #Livanliklar

Aloqador xabarlar