Meksikada avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida 18 nafar muhojir halok bo‘ldi
Meksika janubida muhojirlarni olib ketayotgan avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida 18 nafar muhojir halok bo‘ldi, 37 kishi jarohatlandi.
Meksika janubida muhojirlarni olib ketayotgan avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida 18 nafar muhojir halok bo‘ldi, 37 kishi jarohatlandi.
Oaxaka Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan bayonotda, Oaxaca-Kuaknopalan trassasida muhojirlarni olib ketayotgan avtobusning ag'darilib ketgani ma'lum qilindi.
Hodisa oqibatida 18 kishi, jumladan 3 nafar bola halok bo‘lgan, 37 kishi jarohatlangan.
Voqea joyiga ko‘plab tez yordam va o‘t o‘chirish brigadalari jo‘natilgani, jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgani bildirildi.
Oaxaka shtati fuqaro muhofazasi koordinatsiyasi halok bo‘lganlarning aksariyati Venesuelalik muhojirlar ekanligini ma’lum qildi.
Oaxaka gubernatori Salomon Jara o'z bayonotida baxtsiz hodisadan chuqur qayg'uda ekanliklarini va yaradorlarga tibbiy yordam ko'rsatishlarini bildirdi.