BMT Armaniston ishg'olidan ozod qilingan Qorabog'ga delegatsiya jo'natishini ma'lum qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Ozarbayjon hukumatining taklifi bilan Armaniston ishg'olidan ozod qilingan Qorabog'ga delegatsiya jo'natishini ma'lum qildi.

2044356

Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot kotibi Stefan Dujarrik, kundalik matbuot anjumanida, BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi delegatsiyasining hafta oxirida mintaqaga borishini va delegatsiyaning vaziyatni joyida baholashini bildirdi.

Dyujarrikning ta'kidlashicha, asosiy maqsad inson ehtiyojlarini aniqlashdir.

Ozarbayjon hukumatining ozchiliklarning huquqlarini hurmat qilishini bildirgan bayonotidan xabardor ekanliklarini bildirgan Dujarrik, BMTning 30 yildan beri (Armaniston ishg'oli davrida) mintaqaga kirish imkoni bo'lmaganini, shuning uchun delegatsiyaning tashrifi muhim ekanini ta'kidladi.

Dujarrik, “BMT delegatsiyasi Ozarbayjon hukumatining toʻliq qoʻllab-quvvatlashi va taklifi bilan Qorabogʻga boradi” va mintaqaga nima sababdan kirish imkoni yoʻqligi haqida maʼlumot berdi:

"Juda murakkab va nozik geosiyosiy sabablarga ko'ra." o‘z bahosini berdi.

Tanlangan kalimalar: #Delegatsiya , #Qorabog' , #Ozarbayjon , #BMT

Aloqador xabarlar