Stoltenbergning vazifa muddati yana bir yilga uzaytirilmoqda

Yens Stoltenberg, 2014-yilning 1-oktabridan beri NATO Bosh kotibi lavozimida ishlab kelmoqda.

2007021
Stoltenbergning vazifa muddati yana bir yilga uzaytirilmoqda

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning vazifa muddatini yana bir yilga uzaytirish haqida qaror qabul qilindi.

NATO tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, ittifoqchi davlatlar Stoltenbergning joriy yilning 30-sentabri kuni tugaydigan vakolatini uzaytirish borasida kelishib olgani ma’lum qilindi.

Qarorning 11-12 iyul kunlari Litva poytaxti Vilnyus shahrida bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida davlat va hukumat rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi bildirildi.

Ushbu qaror bilan Stoltenberg 2024-yilning 1-oktabrigacha NATO Bosh kotibi lavozimini davom ettiradi.

Stoltenberg o‘z bayonotida:

“NATO tarkibidagi davlatlarning vazifa muddatimni uzaytirish haqidagi qarori meni xursand qildi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yens Stoltenberg bu lavozimda 2014-yilning 1-oktabridan beri ishlab kelmoqda.

Stoltenbergning vazifa muddati avval ham uch marta uzaytirilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #NATO Bosh kotibi , #Yens Stoltenberg

Aloqador xabarlar