NATOning bugungi yigʻilishida Shvetsiya ham mehmon davlat sifatida ishtirok etmoqda

Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida uyushtirilgan NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishining ikkinchi kunida, Shvetsiya ham mehmon davlat sifatida ishtirok etmoqda.

1970345
NATOning bugungi yigʻilishida Shvetsiya ham mehmon davlat sifatida ishtirok etmoqda

NATO tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi kurashayotgan Ukrainani qoʻllab-quvvatlashni davom ettish, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyat va mudofaa xarajatlari kabi masalalarni muhokama qilish uchun uchrashdi.

Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida uyushtirilgan NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishining ikkinchi kunida, Shvetsiya ham mehmon davlat sifatida ishtirok etmoqda.

Shimoliy Atlantika kengashi yig‘ilishining ochilishida so‘zga chiqqan Bosh kotib Yens Stoltenberg, Rossiya urushga ko‘proq tayyorlangani va Ukrainaga jang maydonida ehtiyoj tugʻilgan hamma narsa berilishi kerakligini ta’kidladi.

Stoltenberg shuningdek, NATO, Rossiya bosimiga qarshi Moldova, Gruziya hamda Bosniya va Gertsegovinani qoʻllab-quvvatlashni davom etishini qayd etdi.

NATO Tashqi ishlar vazirlari bugun Osiyo-Tinch okeanidagi vaziyatni muhokama qilish uchun Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashadi.



Aloqador xabarlar