Eronning Xo’y shahrida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 82 kishi tan jarohati oldi

Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyatining Xo’y shahrida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 82 kishi  tan jarohati oldi.

1964664
Eronning Xo’y shahrida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 82 kishi tan jarohati oldi

 

Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyatining Xo’y shahrida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 82 kishi  tan jarohati oldi.

G'arbiy Ozarbayjon gubernatorligi inqiroz boshqaruvi bosh direktori Emir Abbos Jaferi matbuotga bergan bayonotida, markazi Xo’y shahrida bo'lgan 5,6 magnitudali zilzilada Xo’y va Selmas shaharlarida bir qancha bino vayron bo'lganini bildirdi.

Jaferi, "Zilzila Ho’y va Selmas shaharlarida 82 kishi jarohat oldi." dedi.

Bugun ertalab sodir bo'lgan zilzila Turkiyaning Hakkari va Van shaharlarida ham sezildi.

Turkiya chegarasiga yaqin joylashgan Xo’y shahrida 28 yanvar kuni 5,8 balli zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani va 1167 kishi tan jarohati olgani ma’lum qilingan edi.

 

 

 

 

.


Tanlangan kalimalar: #Zilzila , #Xo'y , #Eron

Aloqador xabarlar