Suriyada AQSh harbiy bazasiga hujum sodir etildi

Pentagon tomonidan qilingan bayonotda, kecha mahalliy vaqt bilan soat 13:30 larda DEAShga qarshi koalitsiyaga tegishli ta'mirlash ob'ektiga bir dron urilgani ma'lum qilindi.

1964398
Suriyada AQSh harbiy bazasiga hujum sodir etildi

 

Suriyaning Hasaka viloyatida Amerika Qo'shma Shtatlari boshchiligidagi DEAShga qarshi kurash bo'yicha koalitsiya bazasiga uchuvchisiz havo vositasi bilan uyushtirilgan hujumda 1 kishi halok bo'ldi, 6 kishi tan jarohati oldi.

Pentagon tomonidan qilingan bayonotda, kecha mahalliy vaqt bilan soat 13:30 larda DEAShga qarshi koalitsiyaga tegishli ta'mirlash ob'ektiga bir dron urilgani ma'lum qilindi.

Bayonotda, hujum oqibatida AQSh bilan ishlagan 1 nafar aloqa xodimi halok bo'lgani, 1 nafar shartnomaviy xodim va 5 nafar AQSh askari tan jarohati olgani ma'lum qilindi.

Razvedka uchuvchisiz havo vositasini Eronga tegishli deb hisoblagan. 

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin, "Prezident Baydenning ko'rsatmasi bilan men AQSh Markaziy qo'mondonlik kuchlariga Eron Inqilobiy gvardiyasi armiyasi (DMO) bilan aloqador guruhlar tomonidan foydalaniladigan ob'ektlarga havo hujumlarini amalga oshirishga ruxsat berdim. Qo'shma Shtatlardagi koalitsiya kuchlariga so'nggi hujumlar bu bir qator hujumlarga javoban amalga oshirildi",-dedi.

AQSh hujumining amerikalik xodimlarni himoya qilish maqsadida amalga oshirilganiga diqqat qaratgan Ostin, hujumning kuchayish xavfini kamaytirish uchun mutanosib hujum ekanligini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Suriya

Aloqador xabarlar