Stoltenberg: Rossiya jabhaga minglab qo‘shimcha askar yuborib allaqachon hujumga o‘tdi

Stoltenberg, 14-15 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan NATO Mudofaa vazirlari yig‘ilishi oldidan matbuot anjumani uyushtirdi.

1946103
Stoltenberg: Rossiya jabhaga minglab qo‘shimcha askar yuborib allaqachon hujumga o‘tdi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi bahor mavsumida boshlatilishi kutilgan yangi yirik hujum haqida gapirar ekan mavzu haqida:

“Rossiya jabhaga minglab qo‘shimcha askar yuborib allaqachon hujumga o‘tdi”. – dedi.

Stoltenberg, 14-15 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan NATO Mudofaa vazirlari yig‘ilishi oldidan matbuot anjumani uyushtirdi.

Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi hujum boshlatilganiga qariyb bir yil o‘tganini yodga solgan Stoltenberg, Rossiyaning Ukrainaga qarshi bahor mavsumida boshlatilishi kutilgan yangi yirik hujum haqidagi savolga:

“Haqiqat shuki, allaqachon hujum boshlaganiga guvoh bo‘ldik. Chunki hozirning o‘zida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin jabhaga minglab askar yubordi. Yirik yo‘qotishlarni ko‘zlab, ukrainaliklar ustida bosimni oshirdi”.-dedi.

Ukrainaning NATO davlatlaridan qiruvchi samolyot talabi haqidagi fikri borasidagi savolga Stoltenberg, qiruvchi samolyot yuborish uzoq muddatli yordam bo‘ladi. Qisqa muddatda Ukrainaga berilgan yordamni qanday orttirish yo‘llarini ko‘rib chiqish lozim”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Stoltenberg, urush boshlaganidan beri bosqichma – bosqich avvalom bor tankga qarshi tizimlar, keyin artilleriya tizimlari, havo hujumidan mudofaa va og‘ir qurollar yuborishga e’tibor berilishi kerakligini yodga solib, NATO tarkibidagi davlatlarning mudofaa vazirlarining bugungi yig‘ilishida samolyot yuborish masalasini ham qo‘lga olish niyatida ekanini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar