Ukraina telekanallarida «Bayraktar TB2» haqida hujjatli film namoyish etildi

Ukrainaning bir necha telekanalida namoyish etilgan mazkur hujjatli film uchun ukrainalik jurnalist Natalia Moseychuk va uning jamoasining sur’atga olish jarayoni Istanbulda 3 kun davom etdi.

1939167
Ukraina telekanallarida «Bayraktar TB2» haqida  hujjatli film namoyish etildi

Ukraina telekanallaridan 1+1, Baykar tomonidan ishlab chiqarilgan «Bayraktar TB2» haqida «Bayraktar afsonaviy qanotlar» deb nomlangan hujjatli film tayyorladi.

Ukrainaning bir necha telekanalida namoyish etilgan mazkur hujjatli film uchun ukrainalik jurnalist Natalia Moseychuk va uning jamoasining sur’atga olish jarayoni Istanbulda 3 kun davom etdi.

Buning uchun Baykar boshqaruv kengashi raisi va texnologiya rahbari Selchuk Bayraktar va Baykar Bosh direktori Haluk Bayraktar bilan maxsus suhbat uyushtirildi.

Selchuk Bayraktar bilan Haluk Bayraktar, ushbu hujjatli filmda «Baykar» hikoyasi va «Bayraktar TB2»larning rivojlanish bosqichlari haqida gapirib berdi.

«Bayraktar afsonaviy qanotlar» nomli hujjatli film, Ukraina telekanallaridan tashqari “Baykar Technologies» Youtube kanali orqali ham namoyish etildi.

Ushbu hujjatli filmni, Haluk Bayraktar ham oʻzining Twitter sahifasi orqali boʻlishdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Bayraktar TB2 , #Natalia Moseychu

Aloqador xabarlar