Madagaskardagii boʻronda 24 kishi hayotdan koʻz yumdi

Madagaskarga, 19 - yanvar kuni shimoli-sharqiy qirgʻoqdan kirgan «Cheneso» tropik boʻroni 22 mintaqaning 17 tasida avj oldi.

1939172
Madagaskardagii boʻronda 24 kishi hayotdan koʻz yumdi

Madagaskardagi «Cheneso» boʻronida hayotdan koʻz yumganlar soni 24 nafarga yetdi.

Xavf va tabiiy ofatlarni boshqarish milliy idorasi tomonidan berilgan bayonotda, mamlakatga 19 - yanvar kuni shimoli-sharqiy qirgʻoqdan kirgan «Cheneso» tropik boʻronining 22 mintaqaning 17 tasida kuchli qayd etilgani bildirildi.

Boʻrondan 73 ming 377 kishi ziyon koʻrgani, 23 ming 600 uyning suv ostida qolgani va 35 ming 677 kishi oʻz uy – joyidan mahrum qolgani ifoda etildi.

Voqea oqibatida 24 kishi halok bo‘lar ekan, 21 kishi bedarak yo‘qolgan.


Tanlangan kalimalar: #Madagaskar , #boʻron , #Cheneso

Aloqador xabarlar