Erondagi yer silkinishi 2 kishining umriga zomin boʻldi

Kecha kechki payt Eronda sodir boʻlgan 5,8 magnitudali yer silkinishida ilk aniqliklarga koʻra 2 kishi hayotdan koʻz yumdi, 664 kishi tan jarohati oldi.

1939124
Erondagi yer silkinishi 2 kishining umriga zomin boʻldi

Eronning Gʻarbiy Ozarbayjon viloyatining Xoy shahrida kecha kechki payt sodir boʻlgan 5,8 magnitudali yer silkinishida ilk aniqliklarga koʻra 2 kishi hayotdan koʻz yumdi, 664 kishi tan jarohati oldi.

Gʻarbiy Ozarbayjon gubernatori Muhammad Sodiq Mutemadiyon, tan jarohati olganlarning 16 nafarining Salmasdagi kasalxonaga, 20 kishining Xoydagi kasalxonaga yotqizilgani va 6 kishining operatsiya qilinganini bildirdi.

Mutemadiyon, voqea oqibatida 70 ga yaqin qishloq ziyon koʻrganini ifoda etdi.

Ofat va favqulodda vaziyatlar yetakchiligi internet saytida oʻrin olgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xoy shahridagi 5,8 magnitudali yer silkinishi, yerning 6,49 kilometr terangligida sodir bo‘lgan.

Takroriy seysmik silkinishlar yuzasidan Xoy va Chaypare shahridagi maktablar vaqtinchalik yopilgan.


Tanlangan kalimalar: #Gʻarbiy Ozarbayjon , #Eron , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar