Stokgolmdagi Türkiye elchixonasi oldida “Qur’on-i Karimga hurmat” dasturi uyushtirildi

Shvetsiyadagi tadbirida, Shvetsiya Diniy ishlar qoʻmitasi xodimlaridan Serdar Bukme, Qur’on-i Karim oʻqib, duo qildi.

1937569
Stokgolmdagi Türkiye elchixonasi oldida “Qur’on-i Karimga hurmat” dasturi uyushtirildi

Shvetsiya poytaxti Stokgolmdagi Türkiye elchixonasi oldida “Qur’on-i Karimga hurmat” dasturi uyushtirildi.

Shvetsiyadagi Turk nodavlat notijorat tashkilotlarining mushtarak tadbirida, Shvetsiya Diniy ishlar qoʻmitasi xodimlaridan Serdar Bukme, Qur’on-i Karim oʻqib, duo qildi.

Bukme, Qur’on oyatlarining turkcha va shvedcha tarjimalarini ham o‘qidi.

Türkiyening Stokgolmdagi elchisi Yoʻnet Jan Tezel ushbu dasturda soʻzlagan nutqida, 21 – yanvar kuni daniyalik oʻta oʻng qanot siyosatchi Rasmus Paludanning Türkiyening Stokgolm elchixonasi oldida Qurʼon-i Karimni yoqib yuborishi haqidagi provokatsiyaga nisbatan, “Millionlab insonlardek va hatto milliardlab insonlardek biz ham u harakatni qoralaymiz”. – dedi.

Dasturda ishtirokchilarga Qur’on-i Karimning shvedcha tarjimasi bilan chinnigullar tarqatildi.



Aloqador xabarlar