Dibayba Türkiye bilan Liviya hamkorligini baholadi

Abdulhamid Dibayba, Türkiyening Tripoli elchixonasi harbiy atteshesi Tevabil Menekshening vakolat muddati tugashi munosabati bilan elchi Kenan Yilmaz va atteshe xodimlarini qabul qildi.

1930863
Dibayba Türkiye bilan Liviya hamkorligini baholadi

Abdulhamid Dibayba, Liviyaning Türkiye bilan iqtisodiy, siyosiy va harbiy sohalarda hamkorlik qilishni davom etishi muqarrar ekanini qayd etdi.

Bosh vazirlik matbuot idorasidan berilgan bayonotga ko‘ra Liviya Milliy Birlik hukumati Bosh vaziri Abdulhamid Dibayba, Türkiyening Tripoli elchixonasi harbiy atteshesi Tevabil Menekshening vakolat muddati tugashi munosabati bilan elchi Kenan Yilmaz va atteshe xodimlarini qabul qildi.

“Türkiye bilan iqtisodiy, siyosiy va harbiy sohalarda hamkorlikni davom ettirish muqarrar”, -  degan Dibayba, butun ish davri mobaynida ijobiy hamkorlik qilgan Menekshega minnatdorchilik bildirdi.

Türkiye bilan Liviya o‘rtasida mustahkam tarixiy aloqalar bilan bir qatorda xavfsizlik, harbiy va iqtisodiy sohalarda ham ko‘plab kelishuvlar mavjud.



Aloqador xabarlar