Germaniyada davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotgan 25 kishi qo‘lga olindi
Prokuratura gumonlanuvchilarni Germaniya Federativ Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darish va 1871-yilgi Germaniya imperiyasi namunasidagi davlat barpo etish maqsadida terrorchilik tashkiloti tashkil etishda ayblamoqda.
Germaniya huquq-tartibot idoralari 25 kishini davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilib qo‘lga oldi. Hibsga olinganlar orasida sobiq harbiylar ham bor.
Bu haqda bugun, 7 dekabr kuni Germaniya Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Prokuratura gumonlanuvchilarni Germaniya Federativ Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darish va 1871-yilgi Germaniya imperiyasi namunasidagi davlat barpo etish maqsadida terrorchilik tashkiloti tashkil etishda ayblamoqda.
Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olishlar Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Gessen, Saksoniya, Quyi Saksoniya, Tyuringiya federal shtatlarida, shuningdek, Avstriyaning Kitsbyuel va Italiyaning Perudja shaharlarida amalga oshirilgan.
Bosh prokuraturaning ta’kidlashicha, gumonlanuvchilar o‘xshash hukumat tuzilmalari va uning harbiy qanotiga ega bo‘lgan kengash tuzgan, ular o‘z saflariga, birinchi navbatda, Germaniya qurolli kuchlari va politsiyada yangi tarafdorlarni jalb qilgan.
Shuningdek, davlat to‘ntarishida gumon qilinganlar Bundestagga bostirib kirishni rejalashtirgani ma’lum qilingan.
Nemis nashrlarining yozishicha, joriy operatsiya tarixdagi eng yirik amaliyotlardan biriga aylandi.