Donetsk shahriga uyushtirilgan hujumda 3 kishi halok bo'ldi

Donetskdagi mintaqaviy mudofaa shtab-kvartirasi tomonidan berilgan bayonotda, Ukraina kuchlari Donetskning Voroshilovskiy tumaniga hujum uyushtirgani bildirildi.

1915657
Donetsk shahriga uyushtirilgan hujumda 3 kishi halok bo'ldi

 

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Donetsk shahriga uyushtirilgan hujumda 3 kishi halok bo'ldi, 14 kishi yaralandi.

Donetskdagi mintaqaviy mudofaa shtab-kvartirasi tomonidan berilgan bayonotda, Ukraina kuchlari Donetskning Voroshilovskiy tumaniga hujum uyushtirgani bildirildi.

Bayonotda, hujum oqibatida 3 kishining hayotdan ko'z yumgani, 14 kishining tan jarohati olgani, mintaqadagi shaharlarda suv uzilishlari sodir bo'lgani bildirildi.

Donetsk Ukrainaning Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlari bilan birga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 30-sentyabr kuni imzolangan hujjatlar asosida noqonuniy ravishda Rossiyaga qo‘shib olingandi.


Tanlangan kalimalar: #Donetsk

Aloqador xabarlar