Rim papasi Fransisk hindulardan uzr so‘radi

"Men kamtarlik bilan ko'plab nasroniylarning mahalliy xalqlarga nisbatan qilgan yomonliklari uchun kechirim so'rayman" dedi Fransisk Kanadaga safari chog‘ida.

1859689
Rim papasi Fransisk hindulardan uzr so‘radi

 

Rim papasi Fransisk Kanadaga safari chog‘ida katolik cherkovi va nasroniylar ishtirokidagi majburiy assimilyatsiya siyosati chog‘ida mahalliy aholiga yetkazilgan zarar uchun uzr so‘radi.

Fransisk shuningdek, hindu oilalari farzandlari majburan jo‘natilgan maktab-internatlarda bolalarga nisbatan qo‘pol muomala va yomon munosabat uchun uzr so‘radi.

Fransisk u yerda sodir bo‘lgan voqealarni “jiddiy tekshirish”ga chaqirdi. Rim papasi Kanadaga qilgan safarini “tavba ziyorati” deb atadi. 

Rim papasi mahalliy xalq rahbarlari, cherkov maktab-internatlaridan omon qolganlar va siyosatchilar bilan sayohatining birinchi bekati bo'lgan Edmonton shahrida bo'lib o'tgan ommaviy tadbirda ishtirok etdi.

Rim papasi Fransisk tadbirda so'zlagan nutqida, "Men kamtarlik bilan ko'plab nasroniylarning mahalliy xalqlarga nisbatan qilgan yomonliklari uchun kechirim so'rayman" dedi.

Rim papasining bu so‘zlari hududdagi mahalliy aholi tomonidan olqishlandi. Kanadadagi cherkov maktab-internatlarida mahalliy aholiga nisbatan “qo‘poruvchilik” siyosati uchun katolik cherkovi a’zolari nomidan kechirim so‘ragan Rim papasi nasroniy hamjamiyatiga majburiy assimilyatsiyalar mahalliy aholi madaniyatini yo‘q qilgan, ularning oilalarini buzgan va ularni shunday yo‘llar bilan chetlab o‘tganini aytdi.

Kanadaning eng yirik maktab-internatlaridan biri bo'lgan sobiq “Ermineskin” maktab-internatiga ishora qilgan Rim Papasi, "Mana, og'riqli xotiralar bilan bog'liq holda, men haj deb o'ylagan narsamdan boshlamoqchiman. Bu tavba ziyoratidir",-dedi u.

O'z nutqida bir necha bor kechirim so'ragan Papa, shuningdek, cherkovning ko'plab a'zolari tomonidan qo'llab-quvvatlangan va maktab-internatlarining "halokatli xatosi" va "ayanchli yovuzligi" aks etgan o'tmishdagi xatti-harakatlari uchun afsusda ekanligini bildirdi.

Bugun men shu yerda, qadimiy xotiralar bilan bir qatorda hali ham ochiq yaralar izlarini saqlab qolgan zamindaman. Men shu yerdaman, chunki tavba ziyoratimning birinchi qadami yana istig‘for so‘rash, chuqur afsusda ekanligimni yana bir bor aytishdir. Afsuski, ko‘plab nasroniylar mahalliy xalqlarni ezgan hokimiyatning mustamlakachilik nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatlaganidan afsusdaman. Ayniqsa, cherkov va diniy jamoalarning ko‘plab a’zolari, ayniqsa, befarqliklari tufayli, madaniy vayronagarchilik va majburiy assimilyatsiya qilish loyihalariga jalb qilingani uchun uzr so‘rayman.

Xalqlaringizning asl o‘ziga xosligini tashkil etgan qadriyatlar, til va madaniyatning mustahkam zamini qanday yemirilib ketgani va buning narxini to‘lashda davom etayotganingiz haqida o‘ylash og‘riqli. Dahshatli yovuzlik qarshisida cherkov Xudo oldida tiz cho‘kib, farzandlarining gunohlari uchun kechirim so‘rab ibodat qiladi. Men kamtarlik bilan ko‘plab masihiylarning mahalliy xalqlarga nisbatan qilgan zulmi uchun kechirim so‘rayman”, degan Rim papasi Fransisk.

Ma’lumot: O‘tgan yilning 29 may kuni Kanadada birinchi nomsiz qabrlar topilgandi. 215 nafar voyaga yetmagan bolalarning jasadi, Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi, Kamlups shahridagi mahalliy bolalarni assimilyatsiya qilish bo‘yicha sobiq maktab o‘rnida topilgan, ularning ba’zilari uch yosh bo‘lgan.

Ushbu masalani tekshirgan Kanada Haqiqat va Yarashuv Komissiyasi 2015 yilda 1831-1996 yillar oralig'ida faoliyat ko'rsatgan cherkovga qarashli maktab-internatlar bo'yicha tergovni yakunladi va o'z hisobotida kamida 4200 nafar mahalliy bolalar bu maktablarda zo'ravonlik yoki qarovsizlik natijasida halok bo'lganligi qayd etildi.

Taxminlarga ko‘ra, bolalarning aksariyati zo‘ravonlik, jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik, shuningdek, ochlik va sovuqqa duchor bo‘lgan, ba’zilari ustida esa tibbiy tajribalar o‘tkazilgani aytiladi.


Tanlangan kalimalar: #Kanada , #Rim papasi Fransisk

Aloqador xabarlar