Azezdagi hujumda bir kishi halok bo‘ldi

Azez tuman markazida, transportga joylashtirilgan bomba portlatildi.

1782850
Azezdagi hujumda bir kishi halok bo‘ldi

Suriya shimolidagi Azez tumanida ichiga bomba joylashtirilgan transportning portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Turkiyaning Kilis viloyati ro‘parasida joylashgan va muxolifat nazorati ostidagi Azez tuman markazida, transportga joylashtirilgan bomba portlatildi.

Terakt oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Voqea joyida tergov ishlari olib borayotgan mahalliy xavfsizlik kuchlari, hujum, PKK /YPG terror tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkun degan fikrda.

PKK /YPG, Suriya shimolidagi terrordan qutqarilgan hududlarni minomyot va bombardimonlar orqali nishonga olmoqda.



Aloqador xabarlar