Iroqdagi sel falokati 11 kishining umriga zomin boʻldi

Kuchli yogʻingarchilik yuzasidan Iroqning Arbil shahrining ba'zi mahalla va mintaqalarida sel falokati sodir boʻldi.

1748976
Iroqdagi sel falokati 11 kishining umriga zomin boʻldi

Iroqning Arbil shahrida sodir boʻlgan sel falokatida ilk aniqlashlarga koʻra 11 kishi hayotdan koʻz yumdi. Ulardan birining Turk fuqarosi ekani aniqlandi. 

Arbil gubernatori Omid Hoshnav mahalliy matbuotga bergan bayonotida, kecha oqshomdan e’tiboran kuchli yogʻingarchilik yuzasidan viloyat chegaralaridagi bir necha mahalla va mintaqada suv toshqinlari sodir boʻlganini bildirdi.

Hoshnav, toshqin oqibatida ilk aniqlashlarga koʻra 11 kishining jon bergani va ular orasida ayollar bilan bolalarning ham borligini ma’lum qildi. Oxirgi olingan ma'lumotlarda, jon berganlardan birining Turk fuqarosi ekani aniqlandi. 

Fuqarolar uxlab yotgan paytda suv ostida qolgani, shuning uchun qurbonlar soni koʻp qayd etilganini bildirgan viloyat hokimi Hoshnav, hozirda vaziyatning nazorat ostiga olinganini oʻz soʻziga ilova etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Arbil , #sel falokati

Aloqador xabarlar