Rim papasi Fransisk yo‘g‘on ichakdan operatsiya bo'ldi

“Papa umumiy behushlik ostida qilingan operatsiyani yaxshi o‘tkazdi”,-deyiladi xabarda. Ma’lumotga ko‘ra, papa Fransisk kasalxonada kamida besh kun yotadi.

1670095
Rim papasi Fransisk yo‘g‘on ichakdan operatsiya bo'ldi

 

Rim papasi Fransisk yo‘g‘on ichak operatsiyasidan o‘tish uchun kasalxonaga yotqizildi.

“Kecha, 4 iyul kuni Rim papasi Fransisk divertikulyar yo‘g‘on ichak kasalligi bo‘yicha operatsiyadan o‘tish uchun Rimdagi A. Jemelli klinikasiga olib ketildi”,-deyiladi mahalliy matbuotda yoritilgan xabarlarda.

Operatsiya 4-iyulga rejalashtirilgan bo'lib, u yaxshi o'tgan.  “Papa umumiy behushlik ostida qilingan operatsiyani yaxshi o‘tkazdi”,-deyiladi xabarda.

Ma’lumotga ko‘ra, papa Fransisk kasalxonada kamida besh kun yotadi.

84 yoshli Fransisk 2013-yilda papa etib saylangan. O‘shandan buyon birinchi marta kasalxonaga yotqizildi. Yoshligida Fransisk o‘pkasining bir qismi olib tashlangan. Bundan tashqari, u quymich asab yallig‘lanishidan aziyat chekadi. Ushbu kasallik oqibatidagi kuchli og‘riq tufayli papa bu yil bayramona Yangi yil ibodatiga rahbarlik qila olmagandi.


Tanlangan kalimalar: #papa , #Rim papasi Fransisk

Aloqador xabarlar