Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 20

Dasturining bugungi sonida, turk adabiyoti tarixi sohasining ilmiy asoschisi, turk dunyosi tadqiqotlarida yang ufqlar ochgan olim, yozuvchi, siyosat va davlat arbobi Fuat Ko‘prulu haqida so‘z qilamiz.

2140628
Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 20

«Dunyoga takror kelsam ayni yo‘lda yurishdan hech chekinmas edim», - degan Fuat Ko‘prulu, turk xalq adabiyoti sohasida olib borgan faoliyatlari bilan birgalikda Turkologiya sohasida yangi ufqlar ochgan tashabbuskor olimlardan biridir. Yozuvchi, 1890 – yilning 4 – dekabri kuni Istanbulda, zodagon oila a’zosi sifatida dunyoga keldi. Otasi Ismoil Foizbek, Beyo‘g‘lu ikkinchi jinoiy sud bosh kotibligidan nafaqaga chiqqan; bobosi Ahmet Ziya Bey esa Buxarest elchixonasida elchilik vazifasini bajargan. Katta bobosi esa Tanzimat davri davlat arboblaridan Devon – i Humoyun elchisi Ismoil Afif beydir. Onasi Hatije Honim, islom ulamolaridan Arif Hikmet Efendining qizidir. Oila a’zolaridan sadrazam Ko‘prulu, Mehmet Pashaning o‘ninchi avlodidir. 

O‘zining so‘zlariga ko‘ra, uning ta’lim hayoti o‘rta maktabdan boshlanadi. Ayasofiya o‘rta maktabini tamomlagach, o‘qishini Merjan litseyida davom ettirdi. Litsey yillarida chet tili dasrlariga ko‘proq e’tibor berib, bu boradagi kamchiliklarini tamomlashga urindi. Fors tilini o‘rta maktabda o‘qib yurgan paytlaridayoq o‘rganib olar ekan, litsey yillarida arab va fransuz tillarini rivojlantirish yo‘lida shaxdam qadamlar tashlaydi. Yillar o‘tib, Les Nouvelles Litteraires jurnaliga bergan intervyusida, hanuz 18 yoshida, litseyni yangi tugatgan inson sifatida fransuz kalassikalari, ayniqsa XIX. asr adabiyotini yetarli darajada tanigani haqida gapirgan. 1907 – yili huquqshunoslik maktabiga o‘qishga kirgan Fuat Ko‘prulu, undan qoniqmagach, uchinchi sinfda o‘qishni tashlaydi. O‘sha yillardan keyin Ko‘prulu oilaviy kutubxonasida o‘zi ustida ishlay boshlaydi. Merjan, Kabatash, Galatasaray va Istanbul litseylarida o‘qtuvchilik qilgan Ko‘prulu, 1913 – yili Istanbul universitetida, «Turk adabiyoti tarixi» darsidan saboq bera boshlaydi. Tadqiqot ishlarini ham paymol qilmagan Ko‘prulu, 1913 – yili «Bilgi» jurnalida chop etilgan «Turk adabiyoti tarixida usul» deb nomlangan maqolasi orqali Turkologiya sohasida buyuk shuhrat qozona boshlaydi. O‘z davrining turkchilik g‘oyalaridan ta’sirlangan Ko‘prulu, to‘xtamay o‘zi ustida ishlab, ilmiy sohada katta yutuqlarga erisha boshlaydi. Turk dunyosi haqida tarixdan o‘zi yashagan davrga qadar har qanday sohadagi tadqiqotlarini yuritib, o‘zi yashagan davr va kelajak avlodga salmoqli hissa qo‘shdi. Adabiyot qanday tadqiq qilinishi kerakligi yo‘llarini o‘rganib chiqish orqali nafaqat Turkiya balki turk dunyosi olimlarini ham o‘z ta’siriga oldi. Zamonaviy adabiyot tarixshunosligining asoschisi sifatida tanilgan Ko‘prulu adabiyot, sotsiologiya, madaniyat, sivilizatsiya, din, tasavvuf, til, huquq, iqtisod, musiqa va siyosat kabi sohalarda asarlar yaratdi. «Turk yurdu», «Sarvati funun», «Milliy tatabbular” jurnali, «Yangi majmua» va kundalik chop etilgan gazetalardagi maqolalari bilan tanilishlik, uning ilmiy faoliyatlariga zamin tayyorladi. U ilmiy izlanishlari bilan bir qatorda siyosiy faoliyati bilan ham kun tartibidan joy oldi. Fuat Ko‘prulu Tashqi Ishlar vazirligi vazifasini bajargan davrda, Turkiyaning NATO tarkibiga kirishi, Bolqon va Bogʻdod paktiga a’zo bo‘lishi, Koreyaga qoʻshin yuborishi kabi koʻplab voqealarda muhim rol oʻynadi. Turk tarixi boʻyicha tadqiqot ishlari olib borish uchun 1958 - yili bir yilligiga AQShdagi Garvard universitetiga taklif qilingan Ko‘prulu, uni, 1959 - yili tamomlab, yurtga qaytadi. Anqarada 1966 - yili yo‘l - transport hodisasiga uchrab, xuddi shu yili 28 – iyun kuni olamdan o‘tgan olim, Istanbulda dafn etilgan.

Umri davomida vataniga tinimsiz xizmat qilgan Ko‘prulu, ortida kitob va maqolalaridan iborat 1500 dan ortiq asar qoldirdi. Ana shunday ishlari va faoliyatlaridagi puxtaligi va uslubga katta ahamiyat beradigan yo‘llar bilan Turkiyada «Zamonaviy tarixshunoslikning otasi» degan nom bilan yod etilmoqda.

XX. asr Turkiyasidan yetishib chiqqan nodir va hurmatga sazovor shaxslardan biri boʻlga proffesor doktor Fuat Ko‘pruluning, hayoti va ijodi haqida ko‘plab tadqiqotlar qilingan. Hozirda uning hayoti, qalamga olgan maqolalari yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

***

TRT Turkiya ovozi radiosi uchun Nazgul Kadirova tomonidan tayyorlangan «Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr» dasturini tingladingiz. Xayr, salomat bo‘ling.

 



Aloqador xabarlar