Yevrosiyo kun tartibi - 19 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida Turk Respublikalari kun tartibida oʻrin olgan ba’zi dolzarb masalalar haqida soʻz qilamiz

2138166
Yevrosiyo kun tartibi - 19 (2024)

2024 - yilning 29 - apreli kuni Tatariston raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi. Minnixanov shu doirada poytaxt Ashxobodda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan alohida – alohida uchrashuvlar oʻtkazdi.

Singapur majlisi raisi Seah Kian Peng 2024 - yilning 29 - aprelidan 3 - mayi kuniga qadar rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ldi. Qozog‘iston majlisi raisi Yerlan Koshanov singapurlik hamkasbi bilan 29 – aprel kuni uchrashdi. Ertasi kuni, ya’ni, 30 - aprel kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Joʻmart Toʻqayev Singapur majlisi raisi Seah Kian Pengni qabul qildi. Mazkur qabul chogʻida Qozog‘iston bilan Singapurning munosabatlari asosida turli masalalar muhokama qilindi. Shu kuni Singapur majlisi raisi Qozog‘iston majlisi senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi.

Qozog‘iston Bosh vazirining chet elga bo‘lgan rasmiy tashriflari davom etmoqda. Shu doirada 2024 - yilning 30 - apreli kuni Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov rasmiy tashrif bilan Tojikistonga bordi. Poytaxt Dushanbeda Bosh vazir Bektenov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi.

2024 - yilning 2 - mayi kuni O‘zbekistonda III Xalqaro Toshkent investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Unda, dunyoning 93 davlatidan 2,5 ming nafar vakil ishtirok etdi. Forumda Turkiya nomidan mamlakat vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz, Qirg‘iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov, Singapur majlisi raisi Seah Kian Peng, xalqaro tashkilotlarning rahbarlari ma’ruza o‘qidi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, mazkur forum doirasida ko‘plab mehmonlarni alohida – alohida qabul qildi. Bundan tashqari Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Ozarbayjonning Iqtisodiyot va energetika vazirlari uch tomonlama uchrashuv oʻtkazdi. Unda nomi tilga olingan davlatlarning energetika tizimlarining bir – biri bilan bogʻlanishi toʻgʻrisida bitim imzoladi. Kelishuvga muvofiq, Kaspiy dengizi ostiga kabellar o‘rnatiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 - may kuni Chet ellik investorlar kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

2024 - yilning 3 - mayi kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Qirg‘iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov raisligida, Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning o‘n birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov, Prezident Sadir Japarovning joriy yilda O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirishini ma’lum qildi. Keyinroq Bosh vazirlar Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchixonasining yangi binosini ochib berdilar.

***

2024 - yilning 1 - mayi kuni Qozogʻiston Prezidenti Qasim - Jo‘mart Toqayev Ozarbayjon - Armaniston tinchlik muzokaralarining Olmaota shahrida oʻtkazilishi haqida bayonot berdi. Unda, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar 1991 - yilning dekabr oyida Olmaota shahrida kelishuvga erishib, hozirgi chegaralarini tan olganliklariga e’tibor qaratildi. Toqayev shu bois Olmaotada bo‘lib o‘tuvchi yig‘ilish, Janubiy Kavkazda doimiy tinchlik o‘rnatilishiga xizmat qilishidan umidvorligini ta’kidlandi.

Joriy 2024 - yilning 1 – 3 mayi kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida, VI Butunjahon madaniyatlararo muloqot forumi boʻlib oʻtdi. «Global xavfsizlik va tinchlik uchun muloqot» degan nom ostida uyushtirilgan forumda, dunyoning 110 ta davlatidan 700 nafar vakil ishtirok etdi. Forumning ochilishida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev nutq so‘zladi. Butunjahon madaniyatlararo muloqot forumining birinchisi, 2011 - yili bo‘lib o‘tgan edi.



Aloqador xabarlar