Matbuot sharhlari 09. 05. 2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2137574
Matbuot sharhlari 09. 05. 2024

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an: Turkiy Davlatlari Tashkilotini G‘azoga yana – da ko‘proq yordam berishga chaqirdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadovni qabul qildi. Mazkur qabul chog‘ida Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari qo‘lga olindi. Erdo‘g‘an bu borada, Turkiy Davlatlari Tashkilotini G‘azodagi tinch aholiga yana – da ko‘proq yordam berishga chaqirdi.

Habertürk gazetasi: Eng ko‘p yordam Turkiyadan. “Gʻazoga yetib borgan insonparvarlik yordamining 30 foizini Turkiya yubordi. U yerdagi falastinliklarga eng koʻp yordam bergan davlatdir”, - dedi.

Hürriyet gazetasi: Mitsotakis Turkiyaga tashrif uyushtirmoqda. Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis joriy yilning 13 – mayi kuni Turkiyaga tashrif uyushtiradi. Bu holat Gretsiya xalqini hayajonlantirdi. Gretsiya matbuoti esa, 14 oydan beri davom etayotgan ijobiy tusdagi munosabat ortidan Prezident Erdoʻgʻanning bayonotiga toʻxtaldi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan muloqot va diplomatiyaga e’tibor qaratgan oxirgi bayonotining Gretsiyaga doʻstlik qoʻlini choʻzishdan ham muhimroq ekanini ta’kidlagan edi. 

Yenişafak gazetasi: Turkiya dunyoning toʻrt burchagiga baliq eksport qilmoqda. Oʻtgan yili Artvindagi Choruh daryosidagi toʻgʻon koʻllari bilan dengizda qurilgan ta’sislardan 14 ming 400 tonna baliq olindi. Turk lososlari deb atalgan ushbu ola baliqlar dunyoning toʻrt burchagiga, ayniqsa Yaponiya bilan Rossiyaga eksport qilinmoqda.

Star gazetasi: Turk lirasi (TL) aktivlariga boʻlgan qiziqish ortmoqda. Iqtisodiyot boshqaruvi tomonidan tashlangan qadamlar bilan Oʻrta muddatli dastur rejalariga boʻlgan sodiqlik ham davom etmoqda. Shu bilan birga, xalqaro kredit reyting agentliklarining ijobiy tusdagi qarorlari turk lirasi (TL) aktivlariga boʻlgan qiziqishni orttirmoqda.



Aloqador xabarlar