«Chiqindisiz dunyo» loyihasi globallashuv yo‘lida

«Qiziqarli ma’lumotlar» dasturining bugungi sonida, «Chiqindisiz dunyo» loyihasining globallashuvi va moda tufayli ortgan tekstil tarmog‘idagi suv iste’moli haqida so‘z qilamiz.

2048288
«Chiqindisiz dunyo» loyihasi globallashuv yo‘lida

Emine Erdo‘g‘an tomonidan ta’sis etilgan «Chiqindisiz dunyo» loyihasi globallashuv yo‘lida.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an tomonidan ta’sis etilgan va BMTga liderlarning rafiqasi diplomatiyasi asosida taklif qilingan «Chiqindisiz dunyo» loyihasi kun tartibining globallashuvi, jadal tus oldi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘gʻanning rafiqasi Emine Erdoʻgʻan tomonidan BMT Bosh assambleyasining 78 – sessiyasi doirasida, Nyu – Yorkdagi «Turkuyi»da (Türkevi), «Chiqindisiz dunyo»  loyihasining globalashuvi uchun tashlangan ilk qadam sifatida «Global chiqindisiz yaxshi niyat deklaratsiyasi» imzolandi.

Dasturda ishtirok etgan Surinam, Bosniya va Gersegovina, Seyshel orollari, Serbiya, Bolgariya, Litva, Zimbabve va Sierra Leone Davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlari ham, «Global chiqindisiz yaxshi niyat deklaratsiyasi»ga qo‘l qo‘yish orqali, chiqindisiz dunyo loyihasining ixtiyoriy ishtirokchilariga aylandilar.

Biz yashayotgan dunyoda har daqiqada 1 milliard plastik butilka ishlatilmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an, o‘z nutqida plastikdan foydalanishning ortib borayotganiga e’tibor qaratdi va dunyo bo‘ylab har bir daqiqada 1 milliard plastik butilka ishlatilayotganini hamda bu chiqindilarning yirik qismi dengiz va okeanlarda nafas olayotgan har bir jonning hayotiga xavf tug‘dirayotganini qayd etdi.

Har yili ishlab chiqarilgan 2 milliard tonna maishiy chiqindilarning 2050 – yilga borib 4 milliard tonnaga yetishi mumkinligiga e’tibor qaratgan Emine Erdo‘g‘an: «Bu darajadagi yuqori iste’mol nafaqat chiqindi muammosini keltirib chiqarmoqda, balki tabiiy resurslarimizning kamayishiga ham yo‘l ochmoqda”. – deya gapirdi.

Emine Erdo‘g‘an, Turkiyada isrofga qarshi boshlatgan safarbarlik harakati yordamida «6 yilda 650 million tonna xomashyodan foydalanishning oldini olib, aylanma iqtisodiyotga hissa qo‘shdik». - dedi. Uning soʻzlariga koʻra, shu davrda 2 mingta futbol maydoniga teng boʻlgan yer maydoni bilan 2 milliondan ortiq oilaning yillik suv ehtiyojiga teng suv manbai muhofaza qilingan.

Dunyoni ifloslantiruvchi davlatlar javobgarchilik olishlari kerak

Emine Erdo‘g‘an, Turkiyadagi bu yutuqlarning dunyodagi tendentsiyani to‘xtatish uchun yetarli emasligini ifoda etib, buning uchun ayniqsa dunyoni ifloslantirgan davlatlar mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerakligini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan BMT Bosh assambleyasining 77 – sessiyasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan «Chiqindisiz dunyo» harakatining asosini tashkil etuvchi yaxshi niyat deklaratsiyasiga imzo chekkanliklarini yodga solgan Emine Erdo‘g‘an, «Biz bu deklaratsiyani kelajak avlodlarga toza dunyo taqdim etish uchun tayyorladik. Shu bois insoniyat oilasini, mazkur deklatasiyaga qo‘l qo‘yish orqali, ertaga emas, bugundan boshlab o‘zgarishning bir qismi bo‘lishka taklif qilib qolaman». – deya gapirdi.

Turkiyaning Parij iqlim kelishuviga a’zo ekaniga e’tibor qaratgan birinchi xonim Emine Erdo‘g‘an, 2020 - yilgacha Yashil iqlim jamg’armasiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan 100 milliard dollarlik majburiyatning hali ham bajarilmaganini ta’kidladi.

«Rivojlangan mamlakatlar dunyoga yetkazgan ziyonning qurboni bo‘lgan Afrika davlatlari, kichik orol davlatlari va kam rivojlangan mamlakatlar, tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishlar va ziyonlarga befarq qolmoqda». – degan Emine Erdo‘g‘an, iqlim inqirozi bu ma’noda xalqaro samimiylik va ishonch sinovida bo‘lishni davom etganini ifoda etdi.

Turkiyaning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash va barqaror rivojlanish rejalari doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasiga taqdim etgan «Chiqindisiz dunyo» qarori, 2022 - yilning 14 - dekabrida qabul qilindi. Bu orqali, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an tomonidan ta’sis etilgan «Chiqindisiz dunyo» loyihasi, BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan qo‘llab - quvvatlandi. Bosh Assambleya, ushbu qaror asosida, 30 – martni, «Xalqaro chiqindisiz kun» deb e’lon qildi.

 



Aloqador xabarlar