Yevroosiyo kun tartibi - 39

Dasturining bugungi sonida o‘tgan hafta Yevroosiyo respublikalari kun tartibida o‘rin olgan muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

1990421
Yevroosiyo kun tartibi - 39

2023-yilning 18-19-mayi kunlari Yevroosiyo davlatlarida muhim xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Shu doirada o‘tgan hafta Markaziy Osiyo davlatlari kun tartibidagi eng muhim voqea Xitoyda uyushtirilgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti edi. 2023-yil 18-19-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida birinchi “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitda soʻzga chiqqan Xitoy Xalq Respublikasi Prezidenti Si Tszinpin, Markaziy Osiyo respublikalari bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun 3,72 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam berishini maʼlum qildi. Sammit yakunida tomonlar oʻrtasida 8 ta kelishuv imzolandi va Sian deklaratsiyasi qabul qilindi. Navbatdagi Markaziy Osiyo – Xitoy sammiti 2025-yili Qozog‘istonda o‘tkaziladi.

Turkmanistondan tashqari Markaziy Osiyo respublikalari prezidentlarining Xitoyga bogʻlgan tashriflarini, davlat tashrifi sifatida e’lon qildi. Ikki tomonlama muzokaralar natijasida Qozogʻiston va Xitoy oʻrtasida 23 ta, Qirgʻiziston bilan Xitoy oʻrtasida 26 ta, Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasida 41 ta, Tojikiston va Xitoy oʻrtasida 25 ta shartnoma imzolandi. Qozog‘iston va Xitoy hukumatlari 30 kunlik vizasiz kirish huquqini beruvchi kelishuvni o‘zaro ratifikatsiya qilishdi. 19-may kuni Prezident Qasim-Joʻmart Toqayev Sian shahrida Qozog‘iston Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Markaziy Osiyo respublikalari dunyoning ko‘plab davlati bilan 5+1 platformasiga ega. Lekin bular orasida Xitoy bilan tashkil etilgan 5+1 mexanizmi, ancha samaraliroq kogʻrinadi. Sian shahrida boʻlib oʻtgan sammit ham shundan dalolat beradi.

“Markaziy Osiyo – Xitoy” sammiti kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” II Iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda mintaqadagi davlatlarning bosh vazirlari va Yevropa ittifoqi komissiyasi vitse-prezidenti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari, Yevropa investitsiya banki rahbari, Vengriya tashqi va savdo vaziri hamda Latviya transport vaziri ishtirok etdi.

2023-yilning 18-19-mayi kunlari Tatariston poytaxti Qozon shahrida “XIV Rossiya-Islom dunyosi: Qozon forumi 2023” bo‘lib o‘tdi. Forumda dunyoning 80 mamlakati nomidan 16 mingdan ortiq vakil ishtirok etdi. Forum doirasida 200 dan ortiq tadbir o‘tkazildi. Rossiyaning Islom olami bilan aloqalari ushbu Forum doirasida rivojlanmoqda.

2023-yilning 14-mayi kuni Gagauziya avtonom respublikasida bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida Yevgeniya Gutsul g‘olib chiqdi. Shor partiyasi nomzodi Gutsul saylovchilarning 54,56% ovozini oldi. Yevgeniya Gutsul 4 yil prezidentlik qiladi. Moldovada Rossiya-G‘arb ziddiyatlari davom etmoqda.

2023-yilning 16-mayi kuni Ozarbayjon Milliy Majlisida Haydar Aliyev tavalludining 100- yilligi munosabati bilan navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Jazoir, Janubiy Afrika Respublikasi, Gruziya, Misr, Serbiya, Tojikiston va Iordaniya parlamentlarining spikerlari, TurkPA kabi xalqaro parlament tashkilotlarining bosh kotiblari ishtirok etib, nutq so‘zladilar. Navbatdan tashqari uyushtirilgan yig‘ilishda jami 228 nafar vakil ishtirok etdi. Prezident Ilhom Aliyev navbatdan tashqari yig‘ilish munosabati bilan Bokuga kelgan mehmonlarni qabul qildi.

 



Aloqador xabarlar