Yevrosiyo kun tartibi-15

“Turkiya Ovozi” radiosida “Yevrosiyo kun tartibi” dasturini tinglayapsiz. Dasturimizning bugungi qismida o'tgan hafta Turkiy Respublikalar kun tartibidan joy olgan muhim voqealarga to'xtalamiz.

1916229
Yevrosiyo kun tartibi-15

 

Hurmatli tinglovchilar, TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raev o'tgan hafta Turkmanistonda muzokaralar o'tkazdi. Joriy yilning 28-noyabr kuni Prezident Serdar Berdimuhamedov TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raevni qabul qildi. Uchrashuvda Turkmanistonning tashkilot bilan hamkorlikda amalga oshiradigan Mahtumquli Firakiy va Turk dunyosi madaniyat poytaxti Anevning 300 yilligini nishonlash kabi tadbirlar muhokama qilindi. Sulton Raev Turkmaniston Madaniyat vaziri Atageldi Shomuratov bilan ushbu qo'shma tadbirlarning tafsilotlarini muhokama qildi.

27-noyabr kuni Turkmaniston parlamenti spikeri Gurbanguli Berdimuhamedov Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Berdimuhamedov Seulda Janubiy Koreya prezidenti va parlament spikeri bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Turkmaniston va Janubiy Koreya parlamentlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Joriy yilning 28-29-noyabr kunlari Tatariston Prezidenti Rustam Munnixanov amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ldi. Prezidentga 45 nafar tatar tadbirkorlar ham hamrohlik qildi. Tashrif doirasida Bakuda Ozarbayjon-Tatariston biznes forumi bo'lib o'tdi. Forum doirasida bir qator ikki tomonlama shartnomalar imzolandi. Prezident Rustam Munnihanov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Bosh vazir Ali Asadov, Bosh vazir o‘rinbosari Shahin Mustafoyev va Iqtisodiyot vaziri Mikail Jabbarov bilan uchrashuv amalga oshirdi.

2022-yil 1-2-dekabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin ishtirokida O‘zbekiston-Rossiya mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Rossiya mintaqaviy forumida Tatariston Prezidenti Rustam Munnixanov ham ishtirok etdi.

Tatariston Rossiyaning Turkiy Respublikalar bilan aloqalarida muhim o‘rin tutadi. Prezident Rustam Munnixonov 2022-yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tatariston Federativ universiteti O‘zbekistonning Jizzax viloyatida o‘z filialini ochdi. Turkiy Respublikalardan kelgan talabalar oliy ma’lumot olish uchun Rossiya Federatsiyasi orasida Tataristonni afzal ko‘radilar. Rustam Munnixonov ham Vladimir Putinning buyrug‘i bilan “Rossiya-Islom dunyosi” strategik nuqtai nazari guruhi raisi sifatida o‘z vazifasini davom ettirmoqda.

Hurmatli tinglovchilar, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To’qayev 2022-yil 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident inauguratsiyasi marosimidan so‘ng 27-30 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi va Fransiyaga tashrif buyurdi. Noyabr oyida bo’lib o’tgan To’qayev va Putin uchrashuvidan so‘ng ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan deklaratsiya imzolangan edi. 29-noyabr kuni Parijda boʻlib oʻtgan To’qayev va Emanuel Makron uchrashuvi yakunida 16 moddadan iborat qoʻshma bayonot eʼlon qilindi. Tomonlar o‘rtasida jami 35 ta shartnoma imzolandi.

Prezident To’qayev ushbu tashriflar bilan yangi prezidentlik davrida mutanosib tashqi siyosat yuritish qaroriga ega ekanini ma’lum qildi. Uning eng yirik strategik hamkori bo‘lgan Rossiyaga ham, eng yirik savdo sheriklaridan biri bo‘lgan Fransiyaga ham ketma-ket tashrif buyurib, u G‘arb va Rossiya mojarosida ishtirok etmasligini bildirdi.

Voqealardan ko'rinib turibdiki, o'tgan hafta Turkiy Respublikalarda e'tiborga molik ko’plab tashriflar, uchrashuvlar va biznes forumlar bo'lib o'tdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Yevrosiyo

Aloqador xabarlar