Xorijiy Matbuot sharhlari 06.02.2019

Bugungi xorij matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1139704
Xorijiy Matbuot sharhlari 06.02.2019

Londonda chop etilgan arab tilidagi “Alsharq Alawsat” nashri: AQSh Prezidenti Donald Trump Eronni, “radikal” tizimi va terrorni qo’llab-quvvatlagani uchun tanqid qilmoqda.

Qatarning Al-Raya Al-Katariya nashri: Qardoshlik munosabatlarni mustahkamlash maqsadida Qatar-Quvayt sammiti kecha Quvaytda uyushtirildi.

Livanning “Al-Hayot” nashri: Trumpning Suriyadan chiqish haqidagi qarori, Xalqaro koalitsiyaning birinchi yig’ilishida kun tartibiga olib chiqildi.  

 

Fransiyaning “Le Figaro” nashri: Ifop-Fiducial tomonidan amalga oshirilgan anketada Macron takror 6 ballga ko’tarildi. (%34)

Fransiyaning “Liberation” gazetasi: Italiya Bosh vaziri o’rinbosari Parijga tashrif buyurib, “sariq nimchalilar” bilan uchrashuv o’tkazdi.

Fransiyaning “Le Parisien” nashri: Parij: Atigi bitta kvartira 39 million yevroga sotildi. Bu vaziyat, bu tarmoqda, “rekord” hisoblanadi.

 

Germaniyaning “Neue Züricher Zeitung” gazetasi: Turkiya bilan Gretsiya, o’rtadagi muammoni hal qilishni xohlaydi.

Germaniyaning ARD telekanali: Katolik cherkovi: Papalar rohibalarni ham zo'rladi.

 

Venesuelaning TeleSUR telekanali: Prezident Maduro: “Venesuelada urush ham, harbiy aralashuv ham bo’lmaydi”.

Ispaniyaning ABC gazetasi: Papa Francis “Agar ikkala tomon ham xohlasa unda Venesuelada o’rtamchilik qilishga tayyor”.

Ispaniyaning El País gazetasi: Madriddagi taksichilar maqsadlariga erishmasdan, namoyishni bekor qilish haqida qaror qabul qildi.

 

Rossiyaning TASS axborot agentligi: “Gretsiya Turk oqimida ishtirok etmoqchi”.

Rossiyaning Vesti axborot sayti:  Medvedev, Rossiya federal turizm agentligi raisini vazifasidan chetlatdi.

Rossiyaning gazetem.ru axborot sayti: Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniyaning AQSh elchiligini, nemis shirkatiga “Shimoliy oqim-2” loyihasining yo’lga qo’yilishi “xavfini” o’z ichiga olgan maktubni yuborishi orqali, nazokat doirasini paymol qilishda aybladi.



Aloqador xabarlar