Xorijiy Matbuot sharhlari 27.04.2018

Oxirgi bir hafta mobaynida, chet el nashrida, Turkiya haqida o'rin olgan ba'zi yangiliklarning qisqacha to'plami.

959753
Xorijiy Matbuot sharhlari 27.04.2018

Angliyaning BBC nashri: Angliyaning eng yirik sayohat agentligidan Thomas Cook, Turkiyaning 2018-yilning yoz mavsumi uchun eng mukammal dam olish maskani ekanligini qayd etdi.

Qrim QHA axborot agentligi: Turkiya kitob o’qish bo’yicha Yevropani ortta qoldirdi.

Rossiyaning Ria Nosovsti nomidagi rasmiy axborot agentligi: Rossiya, Turkiyaga yetkazib bermoqchi bo’lgan S-400 zenit-raketa tizimlarini ishlab chiqarish faoliyatini boshladi.

GruziyaningInterpressnews nomidagi internet sayti: Bosh vazir Binali Yildirim Ispaniyada, Yevropa Kengashi Parlament assambleyasining tanqidlariga qarshi, “O’z ishi bilan ovora bo’lsa yaxshi bo’lar edi chunki saylovni Turkiya o’tkazmoqchi, Yevropa kengashi emas” deya javob berdi.

Qrim QHA axborot agentligi: Turkiyaga kelgan ukrainalik sayyohlar soni tobora ortib bormoqda.

Germaniyaning DW internet sayti: Turkiya, Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning 1915-yilgi voqealar ustidan bergan yozma ravishdagi bayonotida o’rin olgan, “noto’g’ri ifodalari va sub’yektiv tarixiy izohni” rad etdi.

Rossiyaning Ria Nosovsti nomidagi rasmiy axborot agentligi: Turkiya, Rossiya va Eron Tashqi ishlar vazirlari 28-aprel haftaning shanba kuni poytaxt Moskvada Suriya haqidagi yig’ilish ustidan uchrashuv o’tkazadi.

Ispaniyaning Al-Mundo gazetasi: Bosh vazir Binali Yildirim, “Yevropani himoya qilishlikning jabrini tortyapmiz” dedi.

Ozarbayjonning APA nashr organi: Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Tog’li Qorabog’ muammosini xalqaro huquq qoidalari asosida hal qilinishining muhim ekanligini qayd etdi.

Rossiyaning Sputnik internet sayti: Milliy urush uchoqlari uchun qo’l qo’yildi. Uchoq 2030-yillarda Turk Qurolli kuchlaridagi o’z o’rnini oladi.

 

 



Aloqador xabarlar