Xorijiy Matbuot sharhlari 30.03.2018

Oxirgi bir hafta mobaynida, chet el nashrida, Turkiya haqida o'rin olgan ba'zi yangiliklarning qisqacha to'plami.

940830
Xorijiy Matbuot sharhlari 30.03.2018

Angliyada arab tilida chop etilgan “Al-Hayot” gazetasi”: Turkiya Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanini PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotidan qutqarish orqali Suriyaning shimolida tashkil etilishi orzu qilingan terror yo’lagiga to’siqlik qilgan bo’ldi.

Amerika Ovozi: Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning, Iroqning Sinjar mintaqasidagi PKK terror tashkilotining borligiga jimjirtgina qarab turolmasligini belgilab o’tgan holda, “kerakli chorani ko’ramiz” dedi.

Germaniyaning  Hochrhein-Zeitung gazetasi: Instagramda xeshteg ostida eng ko’p fotosurati joylashtirilgan shaharlar orasida Chexiya Respublikasi poytaxti Praga bilan birga Italiya poytaxti Rim va Turkiya poytaxti Anqara ham o’rin olgan.

Germaniyaning Deutsche Welle (DW) nashri: Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning Yevropa ittifoqiga to’laqonli a’zo bo’lish haqidagi strategik maqsadining davom etganligini qayd etdi

Angliyaning  Reuters axborot agentligi: Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Bolgariyaning Varna shahridagi sammitda yevropalik liderlarga, Turkiyaning Yevropa ittifoqining kengayish siyosatidan chetlatilishining katta xatoga yo’l ochajagini ifoda etdi.

Germaniyaning Deutsche Welle (DW) nashri: Joriy yilning 4-marti kuni Angliyaning Salisbury shahrida kimyoviy gazdan zaharlanish orqali jon bergan sobiq rus agent xodisasi haqida bayonot bergan Turk Tashqi ishlar vazirligi voqeani qoralaganligini ifoda etdi.   

Angliyaning BBC nashri: Bosh vazir Binali Yildirim Bolgariyaning Varna shahridagi sammitda Yevropa ittifoqining Turkiyaga bo’lgan ko’z qarashining ijobiy emasdek his qilganliklarini belgilab o’tdi.

AQSh, Turk-Amerika veb portali: Yevropa ittifoqi Komissiyasi raisi Jean-Claude Juncker, Turkiya Yevropa ittifoqi muzokaralariga to’xtalar ekan bu haqida, “Turkiya bilan bo’ladigan muzokaralarning davom etishiga kafilman” dedi.

AQSh, CNN xalqaro axborot kanali: Trabzondagi Sumela manastrida, roppa-rosa 2.5 yildan beri davom etgan qayta tiklash faoliyati chog’ida bugungacha kirib korilmagan shimoliy tomning burchagida "yashirin o’tish yo’li" aniqlandi.

Rossiyaning ovozi radiosi: Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron bilan telefon orqali muloqat qilar ekan unda “Suriyadagi mushtarak strategik qiyinchiliklarga qarshi Turkiya bilan hamkorlikni kuchaytirishimiz darkor” dedi.

AQSh, Turk-Amerika veb portali: Bosh vazir Binali Yildirim Turkiyaning Yevropa ittifoqiga bo’lgan barcha javobgarchligini bajarganligini qayd etdi.

Rossiyaning Sputnik internet sayti: Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Umid Yalchin, 30-mart kuni amaliy tashrif bilan Amerika Qo’shma Shtatlarida bo’ladi.

Rossiyaning Sputnik internet sayti: Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida bo’lib o’tgan Mudofaa sanoati bo’yicha ijroiya qo’mitasida 4.8 milliard dollarlik 29 ta loyiha qo’lga olindi.

AQSh, Turk-Amerika veb portali: Bosh vazir Binali Yildirim, “Turkiya iqtisodiyotining 2017-yildagi 7.4 foizlik o’sish sur’ati biz uchun yangilik emas. Biz buning bunday bo’lishini bir necha oy oldin bilgan edik” dedi.  

 

 



Aloqador xabarlar