Xorijiy Matbuot Sharhlari 25.10.2017

Bugungi xorijiy matbuotlarda o'rin olgan Turkiya haqidagi muhim yangiliklar to'plami.

834197
Xorijiy Matbuot Sharhlari 25.10.2017

AQShning Associated Press (AP) axborot agentligi:  “Turkiya, Idlib amaliyotining o’z yakuniga yetay deb qolganligini ma’lum qildi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Suriyaning Idlib mintaqasida “xavfsiz hudud tashkil etish” faoliyatining yirik qismining o’z yakuniga yetay deb qolganligini qayd etdi. Majlisdagi Adolat va taraqqiyot partiyasi deputatlariga xitob etgan Prezident Erdog’an bundan keyingi faoliyatning PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD/ YPG nazorati ostidagi Suriyaning Afrin shahri bo’lishi mumkinligini eslatdi. Shuningdek Erdog’an, “Bundan keyingi bosqichda Afrin shahri bor. Avval ham aytib o’tganimizdek bir kunmas bir kun, yarim kechasi to’satdan borib qolishimiz mumkin” dedi.  

Gretsiyaning Eleftheros Tipos” gazetasi: “Kociasning Turkiya safari”. Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Kocias 23-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Turkiyaga keldi. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lining taklifiga binoan amalga oshgan ushbu tashrifda Kocias, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan ham uchrashti. Turkiya tomonidan Gretsiyada oxirgi marotaba Bosh vazir Binali Yildirim joriy yilning iyun oyida bo’lib qaytgan edi.

Eronning Parstoday Radio va internet veb sayti: “Erdog’an Qatar Tashqi ishlar vazirini qabul qildi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Qatar Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon al-Soniyni Prezidentlik saroyida qabul qildi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li ham ishtirok etgan ushbu uchrashuvda ikkala mamlakat munosabatlarining rivojlantirilishi masalasi qo’lga olindi. Shu o’rinda Turkiya bilan Qatar, vazirlar ishtirokidagi strategik oliy komissiya majlisi ham uyushtirdilar. Qatar hay’atiga Qatar Tashqi ishlar vaziri yetakchilik qilar ekan Turkiya hay’atiga esa Mevlut Chavusho’g’li rahbarlik qildi.

RossiyaningNezavisimaya gazetasi: “Novak, Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasining kelajagi haqida gapirdi”. Rossiyaning energetika vaziri Aleksandr Novak, "Turk oqimi" tabiiy gaz quvur liniyasi loyihasining ikki yo'nalishda 370 kilometrdan ortiq masofaning bosib o'tilganligini ma’lum qildi. Novak, "Tez kunlarda quruqlik orqali davom etadigan tranzit liniya masalasida kelishib olinib, protokolga qo’l qo’yilishi lozim. Hukumatlararo uchrashuv jarayoniga amal qila olish uchun yo’nalish belgilab olindi. Ikki yildan keyin yani 2019-yilning dekabr oyida faoliyatning tamomlanishi zarur” dedi.



Aloqador xabarlar