Xorijiy Matbuot

O’tgan haftada Turkiya hududida sodir bo’lib xorijiy matbuotda o’rin olgan matbuot yangiliklari.

193000
Xorijiy Matbuot

Angliya-Reuters axborot agentligi: “İsroil provakatsiyalari”.
Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, “Yaqin Sharqda tinchlikni o’rnatish va ekstremistik guruhlarni yo’q qilishning birdan bir yo’li Falastin davlatini qurushdan iboratdir. Bundan boshqa iloji yo’q” dedi. 

Davuto’g’lu, terrorizmdan İsroillik hamkasbi Binyamin Netanyahuni ma’sul tutdi va Musulmon dunyosining radikallashishida İsroilning G’azo bombardimani kabi “provakatsiyalarining” hissasi borligini aytdi.

Bosh vazir Davuto’g’lu, shu bilan birga muammoning eng muhim joyi Prezident Bashar al-Assadning “shafqatsizligi” ekanlgini eslatar ekan xalqaro jamiyatni, Suriyadagi muammoni yechish uchun faqatgina İShİD jangovarlariga yo’nalmasligi kerakligi haqida ogohlantirdi.

 

Angliya-El Sharq El Evsat gazetasi: “Anqara bilan Quvayt ortasida koordinatsiya”.

Quvayt Bosh vaziri 1-o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri shayh Sabah al-Halid Al Sabah Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu bilan matbuot anjumani uyushtirid.

Matbuot anjumanida gapirgan al-Sabah, “Turkiya, Falastin davlatining qurulishi va terrorga qarshi kurashi kabi mintaqaviy masalalarning barchasida katta yordam berdi” dedi.

Mevlut Chavusho’g’lu esa, Turkiya bilan Quvayt ortasidagi siyosiy aloqalarning judayam yahshi ekanligini va mintaqada tinchlikning ta’minlanishi bo’yicha Quvaytning rolining ahamiyatli ekanligini taqidladi.

Chavusho’g’lu, shuningdek, ushbu ijobiy aloqaning iqtisodiyotga ham aks etishini umit qilganligini tilga oldi. Chavusho’g’lu, ikki mamlakat ortasida tijorat ko’lamining 2013-yili 600 million dolar ortganligini belgiladi.

Mintaqadagi siyosiy ahvolga to’xtalgan Chavusho’g’lu, İShİD tashkiloti eng birinchilardan bo’lish bilan birga mintaqaning xavfsizligi va barqarorligini tahdit qilgan bir necha element borligiga e’tiborni qaratdi va atalgan tashkilotga qarshi kuchli bo’lishlik uchun mintaqa davlatlari ortasida hamkorlik qilishlikning ahamiyatini taqidladi.

Eron İRİB internet: “Iroq-Turkiya hamkorligi shartnomasi”.
Iroq bilan Turkiya o’zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Iroq Tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilinishicha” Bog’dotda Iroq Tashqi ishlar vazir İbrahim Jafari va Energiya va tabiiy manbalar vaziri Taner Yildiz boshchiligida “Iroq-Turkiya Aralash iqtisodiyot hamkorligi komissiyasi” yig’ilishi uyushtirilib, yig’ilishda, farqli tarmoqlardagi hamkorlik shartnomalariga qo’l qoyildi.

17-davr Aralash iqtisodiyot komissiyasi yig’ilishida ishtirok etishlik uchun Bog’dotga borgan Taner Yildiz yig’ilishdan so’ng İbrahim Jaferi bilan matbuot anjumani uyushtirdilar. Ushbu anjumanda gapirgan Taner Yildiz, agar Bog’dot ham qabul qilsa, Turkiyaning, Iroq xavfsizlik kuchlariga ta’lim berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Yildiz, Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadi bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda al-Abadi, Anqara bilan Bog’dot orasida munozara mavzusi bo’lgan muammolar va ayniqsa neft va suv tarmoqlaridagi masalalarning yechilishining shuningdek ikki tomon ham qabul qila oladigan bitimga kelishlik uchun maqul rejalar tuzilishining shart ekanligini aytdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar